17.06.2015 yildagi 16-1302/10368-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud sanatsiyasi rejasi kreditorlar yigʻilishi tomonidan tasdiqlanishi kerak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan shahar Davlat soliq inspeksiyasi (bundan buyon matnda — DSI) ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilib, javobgar “Namangan qurt urugʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyatini (bundan buyon matnda — MChJ) bankrot deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2013-yil 22-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan MChJ bankrot deb topilib, tugatishga doir ish yuritish boshlangan va tugatish boshqaruvchisi etib Sh. Suyunov tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2014-yil 11-sentabrdagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2015-yil 11-fevraldagi qarori bilan sud qarorlari bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2015-yil 13-martdagi ajrimi bilan MChJga nisbatan sud sanatsiyasi eʼlon qilingan va sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi etib Nishanova Muyamxon Xojimirzayevna tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2015-yil 24-apreldagi qarori bilan ajrim bekor qilinib, ish mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida apellatsiya instansiyasi sudi ish boʻyicha bir tomonlama xulosaga kelganligi, sud sanatsiyasi joriy etilishi uchun uchinchi shaxs bilan kafillik shartnomasi tuzilganligiga eʼtibor berilmaganligi, ish xujjatlariga toʻliq huquqiy baho berilmaganligi haqida vajlar keltirilib, apellatsiya instansiya sudi qarorini bekor qilib, sudning 2015-yil 13-martdagi ajrimini kuchida qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida DSI vakili kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar yuzasidan oʻz eʼtirozlarini bildirib, MChJ kreditorlarining 2015-yil 5-martdagi yigʻilishi DSI vakillarining ishtirokisiz oʻtkazilganligini bayon qilib, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida MChJ tugatish boshqaruvchisi kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar yuzasidan oʻz eʼtirozlarini bildirib, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi vakili kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar yuzasidan oʻz eʼtirozlarini bildirib, MChJning sanatsiya boshqaruvchisi sifatida M. Nishanova tayinlanganligi, ammo unda sud boshqaruvchilik attestati yoʻqligi, kreditorlarning yigʻilishi DSIning ishtirokisiz oʻtkazilganligini bayon qilib, sud qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati taraflar vakillarining tushuntirishlari va prokurorning apellatsiya instansiyasi sudi qarorini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi fikrini tinglab, kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra, apellatsiya instansiyasi sudi qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, MChJning 2013-yil 22-iyul holatiga budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalardan asosiy qarzi 345 252 500 soʻmni, ustama qarz, 127 786 200 soʻmni tashkil qilgan. MChJning qarzlarini toʻlash muddati qonunda belgilangan uch oy oʻtgan va jami talablar eng kam ish haqi miqdorining besh yuz baravaridan ortiqni tashkil etganligi sababli DSI sudga ariza bilan murojaat qilib, MChJni bankrot deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi 2015-yil 13-martdagi ajrimi bilan MChJga sud sanatsiyasini eʼlon qilib, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchisi etib M. Nishanovani tayinlab, barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, MChJ keditorlarning 2015-yil 5-martdagi yigʻilishida sud sanatsiyasini joriy etish haqida xoʻjalik sudiga iltimosnoma bilan murojaat qilish masalasi muhokama qilingan, ammo ushbu yigʻilishda MChJning asosiy kreditori, yaʼni DSIning ishtiroki taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholonki, “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda — Qonun) 10-moddasining uchinchi qismida, kreditorlar, majburiy toʻlovlarga doir talablar qismi boʻyicha esa davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar kreditorlar yigʻilishining ovoz berish huquqiga ega boʻlgan ishtirokchilaridir. Ushbu moddaning yettinchi qismida kreditorlar yigʻilishi, agar unda qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlari umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida talablar bildirayotgan, ovoz berish huquqi bor kreditorlar hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanishi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolaversa, kreditorlar yigʻilishida sud sanatsiyasi rejasi tasdiqlanmagan. Vaholanki, Qonunning 83-moddasiga koʻra, qarzdorning rahbari, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan tayyorlangan sud sanatsiyasi rejasida qarzni uzish jadvaliga muvofiq kreditorlarning talablarini qondirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni sud sanatsiyasi jarayonida qarzdor tomonidan olish usullari nazarda tutilishi lozim. Sud sanatsiyasi rejasi kreditorlar yigʻilishi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, sud 2015-yil 13-martdagi ajrimi bilan MChJga sud sanatsiyasini eʼlon qilib, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchisi etib M.Nishanovani tayinlagan. Ammo sud tomonidan M. Nishanova sud attestatiga ega yoki ega emasligi masalasi oʻrganilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-martdagi 138-son qarori bilan tasdiqlangan “Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq, sud sanatsiyasi tamoilini amalga oshirish uchun 1 yoki 2 toifali attestatiga ega boʻlgan sud boshqaruvchilari sanatsiya boshqaruvchisi etib tayinlanishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 77-moddasiga muvofiq qarzdorning majburiyatlarni qarzni uzish jadvaliga muvofiq bajarishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan usullarda taʼminlanishi mumkin. Qarzdorning qarzni uzish jadvalini bajarish yuzasidan majburiyatlari sud sanatsiyasini joriy etish haqida xoʻjalik sudi ajrim chiqargan paytdan eʼtiboran taʼminlangan deb hisoblanadi. Majburiyatlarni bajarish taʼminoti berilganligi toʻgʻrisidagi bitim, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, yozma shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq sud MChJning majburiyatlarini qarzni uzish jadvaliga muvofiq bajarilishini taʼminlash usuli sifatida taraflar oʻrtasida shartnoma tuzilgan yoki tuzilmaganligiga huquqiy baho bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida apellatsiya instansiyasi sudi oʻz qarorida yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni koʻrsatib, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilib va ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda, sudlov hayʼati, apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan moddiy va protsessual huquq normalari bilan asoslantirilgan qaror qabul qilingan deb hisoblab, apellatsiya instansiyasi sudi qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida ish koʻrish bilan bogʻliq 30 000 soʻm sud xarajatini MChJdan undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 17-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-1302/10368-son