27.07.2015 yildagi 10-1520/4186-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasi (keyingi matnlarda — Ijaraga berish markazi), davlat mulkini balansida saqlovchi — Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti (keyingi matnlarda — institut) va “Ajab Etiketka” MChJ (keyingi matnlarda — MChJ) oʻrtasida 2014-yil 14-martda 3581/08-14-sonli ijara shartnomasi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaga asosan Ijaraga berish markazi (ijaraga beruvchi) Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatortol koʻchasi, 28-uy manzilidagi maydoni 1 020 kv.m boʻlgan bino inshootni ijaraga berishi, MChJ esa ijara obyektidan ofis, poligrafiya sanoati, tikuvchilik sanoati maqsadida foydalanishi, shartnomada belgilangan ijara haqini toʻlashi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga berish markazi xodimlari tomonidan, institutning balansidagi obyektlarni ijaraga berilishi holati oʻrganilgan. Oʻrganish natijasi boʻyicha 2014-yil 10-oktabrda dalolatnoma tuzilgan. Dalolatnomaga koʻra, MChJ ijaraga berilgan obyektning 45,88 kv.m qismidan ofis uchun, 784,12 kv.m qismidan tikuvchilik faoliyati uchun foydalanishi lozim boʻlsada, ijara obyektining 206,56 kv.m qismidan ofis sifatida, 623,44 tikuvchilik faoliyati uchun foydalanayotganligi, buning natijasida faoliyat turiga muvofiq 9 202 787,16 soʻm ijara toʻlovi toʻlanmasdan qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga berish markazi, xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, ijara toʻlovini ikki baravari 18 405 574,31 soʻm miqdorida institutdan undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 1-maydagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan, Ijaraga berish markazi foydasiga institutdan 18 405 574,31 soʻm undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning kassatsiya shikoyatida, institut tomonidan ikki baravar toʻlovni toʻlanishiga asos boʻlgan holatlar mavjud emasligi, ijaraga berilgan obyektdan maqsadsiz foylanishi boʻyicha munosabatlar ijaraga beruvchi va ijarachi oʻrtasidagi munosabatlar boʻlib, ijarachi oʻz eʼtirozlarini ijarachiga bildirishi lozimligi bayon qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilish va daʼvoni qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut kassatsiya shikoyati yuzasidan bergan tushuntirishida, kassatsiya shikoyatida koʻrsatilgan vajlarni quvvatlab, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga berish markazi vakili ijaraga berilgan obyektlardan foydalanish maqsadi buzilganligi institut tomonidan obyektning parametrlarini ataylab notoʻgʻri koʻrsatilishi deb topilganligini bildirib, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov xayʼati taraflar vakillarining tushuntirishlarini, prokurorning kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish haqidagi fikrini eshitib, quyidagi asoslarga koʻra hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, institut balansida boʻlgan davlat mulki 2014-yil 14-martda 3581/08-14-sonli ijara shartnomasiga asosan, Ijaraga berish markazi tomonidan MChJga ijaraga berilgan. Ijaraga berish markazi, mulklardan MChJning foydalanilishi oʻrganilib, MChJ shartnomada koʻrsatilgan mulkdan boshqa maqsadlarda foydalanganligi va buning natijasida mulkdan foydalanish maqsadiga muvofiq belgilangan stavkalarga koʻra ijara toʻlovi toʻlanmaganligi xulosa qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga berish markazining hisob-kitobiga koʻra, mulkdan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi natijasida 9 202 787,16 soʻm ijara toʻlovi toʻlanmasdan qolgan va Ijaraga berish markazining daʼvo talabiga koʻra toʻlovni ikki baravari miqdorini institut toʻlashi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi, mulklarni boshqa maqsadlarda foydalanishi holati, institutning ijaraga berilgan mulklar parametrlarini notoʻgʻri koʻrsatishidan kelib chiqanligini xulosa qilib, institutdan ikki baravar toʻlovni undirishga qaror qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori oltinchi bandiga koʻra, davlat mulkini ijara shartnomasi tuzmasdan ijaraga berish, ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va soni ataylab notoʻgʻri qayd etilganligi, buning natijasi ijara toʻlovining yashirilishiga olib kelganligi holati aniqlangan taqdirda markaz buzilish aniqlangan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida, belgilangan tartibda davlat mulkidan foydalanganlik davri uchun ijara toʻlovini ikki baravar miqdorda hisoblab chiqadi va uni undirish uchun tegishli hujjatlarni balansida saqlovchiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisoblab yozilgan toʻlov summasi balansida saqlovchi tomonidan toʻlanmagan taqdirda davlat mulki joylashgan joydagi markaz hujjatlar balansida saqlovchiga taqdim etilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni oʻtgach hisoblab yozilgan toʻlov summasini belgilangan tartibda undirish uchun materiallarni sudga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov xayʼati, muayan maqsadlarda berilgan ijara obyektining boshqa maqsadlarda foydalanilishi, birinchi instansiya sudi tomonidan ijara obyektini parametrlarini notoʻgʻri qayd etilishi deb notoʻgʻri baholangan va buning natijasida moddiy huquq normasi notoʻgʻri qoʻllanilgan deb hisoblaydi. Chunki, ijaraga berilgan mulk obyektining parametrlari bu mulkni tavsiflovchi koʻrsatkichlar boʻlib, mulkdan foydalanish maqsadlarini ifodalamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 545-moddasiga asosan, ijaraga oluvchi mol-mulkdan shartnoma shartlariga muvofiq, agar bunday shartlar shartnomada belgilangan boʻlmasa-mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramay, ijaraga oluvchi mol-mulkdan shartnoma shartlariga yoki mol-mulkning vazifasiga nomuvofiq foydalansa, ijaraga beruvchi shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni va zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan koʻrinadiki, Ijaraga berish markazi, mulkdan shartnoma shartlariga muvofiq foydalanilmaganligi masalasi boʻyicha oʻz talablarini ijarachiga belgilangan tartibda bildirishi lozim boʻlgan va ijaraga berish markazining mulk parametrlari institut tomonidan ataylab notoʻgʻri qayd etilganligi haqidagi daʼvo vaji asossiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (keyingi matnlarda XPK) 188-moddasi birinchi qismiga muvofiq, moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 187-moddasi 2-bandiga asosan kassatsiya instansiyasi xoʻjalik sudi ishni koʻrganidan keyin birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini va (yoki) apellatsiya instansiyasining qarorini toʻla yoki qisman bekor qilish hamda yangi qaror qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binobarin, sudlov xayʼati, birinchi instansiya sudi tomonidan moddiy huquq normasi notoʻgʻri qoʻllanilib, daʼvo qanoatlantirilganligi sababli, hal qiluv qarorini bekor qilishni hamda daʼvoni qanoatlantirishga asos yoʻq deb topib, daʼvoni qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 95-moddasiga asosan sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, ijaraga berish markazining daʼvo arizasi uchun toʻlagan 184 056 soʻm davlat boji xarajati uning zimmasida qoldirilishi, institutning kassatsiya shikoyati uchun toʻlagan davlat boji xarajati Ijaraga berish markazi hisobidan qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 27-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-1520/4186-son