Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining
Qarori
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 28-dekabrda 2577-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-maydagi PQ-362-son “Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini darsliklar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2014-yil 20-martdagi 14, 25, 15-qq, 08-05-04-son qarori (roʻyxat raqami 2577, 2014-yil 28-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 18-son, 202-modda) bilan tasdiqlangan Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 21-dekabr,
27-mh-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 21-dekabr,
106-son
Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2015-yil 21-dekabr,
24-son
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori O. YUNUSOV
Toshkent sh.,
2015-yil 21-dekabr,
10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2015-yil 21-dekabrdagi 27-mh, 106, 24, 10-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Respublika boʻyicha darsliklarni xarid qilishning istiqbol kvotalarini har bir hududlar kesimida shakllantirishda 1-sinf oʻquvchilariga sinflar va taʼlim tillari boʻyicha buyurtmaning umumiy hajmidan 5% gacha, 2 — 9-sinf oʻquvchilariga darsliklardan foydalanish davrlarida sinflar va taʼlim tillari kesimida eng koʻp oʻquvchilar kontingenti tahlili asosida umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasining zaxirasi shakllantirilishi mumkin.”.
2. 40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. Darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovi miqdorini aniqlash jarayonida tegishli miqdordagi darsliklarni joriy moliya yilida yangilash va ijara tizimiga kiritilishida ularni xarid qilish va yetkazib berish uchun zarur boʻladigan mablagʻlarning shartnomaviy hajmi, Jamgʻarma ijroiya direksiyasining oʻtgan moliya yilidagi haqiqiy xarajati hamda oʻtgan moliya yilidagi Jamgʻarma tomonidan haqiqatda olingan yoki kelgusi moliya yilida olinishi kutiladigan daromadlar hisobga olinadi.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 1-iyundagi PQ-363-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq darsliklar uchun ijara toʻlovlarini hisoblash va toʻlash tartibi Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 649-modda)