22.05.2015 yildagi 18-1406/32102-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual qonunchilik normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiroqchi tuman Davlat soliq inspeksiyasi (bundan buyon matnda — DSI) ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilib, OATB “Agrobank” Chiroqchi filiali (bundan buyon matnda — bank filiali)ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012-yil 1-fevralda 2320-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaning (bundan buyon matnda — 2320-sonli Yoʻriqnoma) 16-bandiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (bundan buyon matnda — Soliq kodeksi) 53-moddasiga asosan 86 574 800 soʻm miqdorida moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi bilan OATB “Agrobank” (bundan buyon matnda — Bank) ishga javobgar sifatida jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2015-yil 15-yanvardagi hal qiluv qarori bilan arz qilingan talab qanoatlantirilib, bankka nisbatan Soliq kodeksining 53-moddasiga asosan 86 574 800 soʻm miqdorida moliyaviy jarima qoʻllanib, bank filialiga nisbatan ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank filiali tomonidan yangi ochilgan holat yuzasidan kiritilgan arizaga asosan sudning 2015-yil 26-fevraldagi ajrimi bilan 2015-yil 15-yanvardagi hal qiluv qarori bekor qilinib, shu kungi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, Bankka nisbatan Soliq kodeksining 53-moddasiga asosan 11 711 400 soʻm miqdorida moliyaviy jarima (penya) qoʻllangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2015-yil 8-apreldagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud tomonidan ish holatlari toʻliq oʻrganilmaganligi, bank xodimlariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi eʼtiborga olinmaganligi, qolaversa, 2320-Yoʻriqnomaning 13-bandi talabi buzilganligi sababli bank filialiga nisbatan jarima qoʻllanishi lozimligi haqidagi vajlari keltirilib, sud qarorini bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protestida esa, tekshirishda aniqlangan holatlar yuzasidan Soliq kodeksining 53-moddasiga asosan moliyaviy jarima qoʻllash masalasiga aniqlik kiritmaganligi, ish hujjatlari toʻliq oʻrganilmaganligi koʻrsatilib, sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, shikoyat va protest vajlarini ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga koʻra, shikoyatni qanoatlantirishni rad etishni, protestni qisman qanoatlantirishni, sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni rad etish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi viloyat xududiy komissiyasining 2014-yil 29-apreldagi 06/8062-sonli 2014-yil iyul-avgust oylari rejadan tashqari tekshirishlar oʻtkazish ruxsatnomasi va DSIning 2014-yil 21-avgustdagi 255-xs-sonli buyrugʻiga asosan DSI xodimlari tomonidan bank filialida 2014-yil 22-avgustda bank filialining 2012-yil 22-maydan 2014-yil 22-avgustgacha boʻlgan davrdagi Adliya vazirligidan 2012-yil 15-martda 2342-son bilan roʻyxatga olingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini chiqarish tartibi toʻgʻrisida” (2342-Yoʻriqnoma)gi hamda 2320-Yoʻriqnomalar talablariga amal qilinishi yuzasidan tekshirish oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish boshlanishidan avval bank filiali vakillariga tekshirish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar taqdim etilgan, bu hakda tilxat olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishda bank filiali tomonidan 2342-Yoʻriqnoma hamda 2320-Yoʻriqnoma talablariga amal qilinmaganligi aniklangan. Jumladan, bank filialining “Paxta tozalash” OAJ, “Lazizbek Olmosovich” fermer xoʻjaligi, “Qishloqxoʻjalikkimyo” XAJ Chiroqchi filiali, “Abduraxmon bobo asali” xususiy korxonasi, “Binokor-7” ishlab chiqarish korxonasi, “Qashqadaryo qurilish neft gaz” MChJ, “Soʻqmoq qalʼasi” xususiy korxonalari tomonidan bankdan naqd pul va plastik kartochkaga ish haqi uchun pul mablagʻlari olishda ularga mutanosib ravishda budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan daromad soligʻi va pensiya jamgʻarmasiga toʻlov topshiriqnomalari olinishi va bank tomonidan ijro etilishi oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi holatlari boʻyicha bank filialiga nisbatan 105 873 900 soʻm jarima (penya) hisoblangan. Mazkur hisoblangan 105 873 900 soʻm penya summasi Qashqadaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasi huzuridagi Soliq nizolarini sudgacha koʻrib chiqish ishchi guruxi tomonidan 2014-yil 31-oktabrdagi 20-sonli yigʻilishida koʻrib chiqilib, yigʻilish natijasi boʻyicha qabul qilingan qarorga koʻra tekshirish natijasida hisoblangan 105 873 900 soʻm penya summasi 19 299 100 soʻmga kamaytirilib, 86 574 800 soʻm penya tegishli tartibda undirilishi lozimligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DSI tomonidan tekshirish materiallari koʻrib chiqilib, 2014-yil 4-noyabrda bank filialiga nisbatan Soliq kodeksining 53-moddasiga asosan 86 574 800 soʻm moliyaviy jarima (penya) qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan va uni ixtiyoriy toʻlash uchun bank filialiga taqdim etilgan. Lekin, bank filiali ushbu moliyaviy jarimani ixtiyoriy toʻlamagan. Shu sababli DSI sudga bank filialiga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllashni soʻrab ariza bilan murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi arz qilingan talabni qisman qanoatlantirish haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi 2342-sonli Yoʻriqnomaning 2-bandiga muvofiq, xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻida (keyingi oʻrinlarda asosiy hisobvaraq deb yuritiladi) yetarli miqdorda pul mablagʻlari boʻlganda, mablagʻlarni hisobdan chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mijozning farmoyishiga va boshqa pul-hisob-kitob hujjatlarining kelib tushishi tartibida amalga oshirilishi, 4-bandining toʻrtinchi xatboshisiga koʻra, xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻida 2-son kartoteka paydo boʻlgandan soʻng, uning boshqa barcha ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan banklar tomonidan pul-hisob-kitob hujjatlarini qabul qilish va asosiy hisobvaragʻiga boʻlgan toʻlovlardan tashqari boshqa toʻlovlarni amalga oshirish taqiqlanishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisida”gi 2320-sonli Yoʻriqnomaning 1-paragraf 13-bandiga koʻra, yuridik shaxslar tomonidan xodimlarga hisoblangan ish haqidan ushlab qolingan daromad soligʻi hamda fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya badalini Davlat budjetiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi DAT Halq banki filialida ochilgan 22628 balans hisob raqamining 999 tartib raqamiga oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasini joriy oyning ikkinchi yarmida ish haqi olish uchun topshiradigan chek bilan yoki ish haqini plastik kartochkasiga oʻtkazayotgan bir vaqtda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, bankka ish haqi olish uchun topshiriladigan chek bilan yoki ish haqini plastik kartochkasiga oʻtkazayotgan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilmasa, ish haqi olish uchun naqd pul berishga yoki ish haqini plastik kartochkasiga oʻtkazishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnomaning 16-bandi hamda Soliq kodeksi 53-moddasining oltinchi qismida bankning aybi bilan soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini oʻtkazish topshiriqnomasi, tegishli vakolatli organning ularni undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasi bajarilmagan (bajarilishi kechiktirilgan) taqdirda, bankdan har bir kechiktirilgan kun uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻtkazilmagan summasini 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undirilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DSI arizasida javobgarga nisbatan 2342-Yoʻriqnoma talablari bank filiali tomonidan buzilgan deb hisoblab unga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan. Vaholanki, yoʻriqnoma talabi buzilganlik holati aniqlanmagan, qolaversa, yuridik shaxslar tomonidan xodimlarga hisoblangan ish haqidan ushlab qolingan daromad soligʻi hamda fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya badalini davlat budjetiga oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasini topshirmagan taqdirda 2342-Yoʻriqnoma boʻyicha hamda Soliq kodeksining 53-moddasiga asosan jarima solishga asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisida”gi 2320-sonli Yoʻriqnomaning 1-paragraf 13-bandiga koʻra, yuridik shaxslar tomonidan xodimlarga hisoblangan ish haqidan ushlab qolingan daromad soligʻi hamda fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya badalini davlat budjetiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi DAT Xalq banki filialida ochilgan 22628 balans hisob raqamining 999 tartib raqamiga oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasini joriy oyning ikkinchi yarmida ish haqi olish uchun topshiradigan chek bilan yoki ish haqini plastik kartochkasiga oʻtkazayotgan bir vaqtda taqdim etilishi, agar, bankka ish haqi olish uchun topshiriladigan chek bilan yoki ish haqini plastik kartochkasiga oʻtkazayotgan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilmasa, ish haqi olish uchun naqd pul berishga yoki ish haqini plastik kartochkasiga oʻtkazishga ruxsat etilmaydi, deb koʻrsatilgan talabi buzilib, soliqlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomalari berilmagan holati yuzasidan ushbu Yoʻriqnomaning 16-bandi va Soliq kodeksining 53-moddasini qoʻllab moliyaviy jarima qoʻllanganligi toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirib barvaqt xulosaga kelgan. Chunki, ushbu yoʻriqnomaning 13-bandi talabi bank xodimlari tomonidan buzilgan taqdirda bankka nisbatan moliyaviy jarima qoʻllash nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 161-sonli qarorining 1-bandiga koʻra sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual qonunchilik normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ushbu Plenum qarori talablariga rioya qilmagan holda arz qilingan talabni qanoatlantirish haqida noqonuniy toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida apellatsiya instansiyasi sudi ham hal qiluv qarorini asossiz ravishda oʻzgarishsiz qoldirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi toʻgʻrisida”gi 136-sonli qarori 15-bandi uchinchi xatboshida, agar kassatsiya instansiyasi sudi ish holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻrganish asosida aniqlanganligini, ammo sudning xulosalari bu holatlarga mos emasligini aniqlasa, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qiladi va yangi qaror qabul qilishi toʻgʻrisida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan sudlov hayʼati, sudlar tomonidan nizoni hal qilishda moddiy va protsessual huquq normalarini notoʻgʻri qoʻllanib, arz qilingan talabni qisman qanoatlantirish haqida asossiz xulosaga kelganligi sababli sudning 2015-yil 26-fevraldagi hal qiluv qarori va 2015-yil 8-apreldagi qarorini bekor qilib, DSIning arz qilgan talabini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni va protestni qisman qanoatlantirishni, DSI hisobidan ishni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganligi bilan bogʻliq 30 000 soʻm sud xarajatini Oliy xoʻjalik sudining depozit hisobiga undirishni, ish holatlaridan kelib chiqib bank filiali hamda DSIning masʼul xodimlariga nisbatan xususiy ajrim chiqarishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 22-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-1406/32102-son