16.12.2008 yildagi 14-0808/11240(30)-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlarni yashirish yashirilgan tushum summasiga teng miqdorda jarima solishga sabab boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand tuman davlat soliq inspeksiyasi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, “Tohiriy” ishlab chiqarish va savdo firmasiga nisbatan 525507000 soʻm yashirilgan tushum, 714500 soʻm litsenziyasiz faoliyat natijasida olingan sof foyda, 12018300 soʻm qoʻshimcha qiymat soligʻi koʻrsatilib tovarlar realizatsiya qilinganligi sababli shu miqdorda hamda ushbu summaga 20 foiz miqdorida 2403700 soʻm moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining 2008-yil 17-apreldagi hujjatli taftish tayinlash toʻgʻrisidagi qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyat boshqarmasining 2008-yil 17-apreldagi 3/52-08-son, Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasining 2008-yil 18-apreldagi 0465-XS-son va 2008-yil 1-maydagi 0558-XS-son buyruqlariga asosan “Tohiriy” ishlab chiqarish va savdo firmasining 2003-yil 1-yanvardan 2008-yil 1-aprelga qadar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida soliq qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan hujjatli tekshirish oʻtkazilgan. Tekshirish tartibi va qoidalari tekshiruvchilar tomonidan buzilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishda “Tohiriy” ishlab chiqarish va savdo firmasi 525507000 soʻmlik tushumni yashirganligi, 714500 soʻm miqdorida litsenziyasiz faoliyat natijasida sof foyda olganligi, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlmasdan turib, ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarga hisobvaraq-fakturalarda 12018300 soʻm qoʻshimcha qiymat soligʻini koʻrsatib, tovarlarni realizatsiya qilganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, daʼvogar javobgarga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 114, 117, 118-moddalariga asosan moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismiga koʻra, kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, bundan ularning qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollar mustasno, yoxud tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlarni yashirish (kamaytirib koʻrsatish) kirim qilinmagan tovar qiymati yoki yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) tushum summasiga teng miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 117-moddasiga binoan faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shugʻullanish faoliyatning ushbu turlarini litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz amalga oshirish davrida olingan sof foyda miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Kodeks 118-moddasining birinchi qismiga koʻra, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi boʻlmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan soliq summasi miqdorida va shu summaning yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, birinchi instansiya sudi daʼvoni qanoatlantirish haqida qonuniy hal qiluv qarori qabul qilgan. Apellatsiya instansiyasi sudi esa uni asosli ravishda oʻzgarishsiz qoldirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 16-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-0808/11240(30)-son