18.06.2008 yildagi 23-0807/919-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorni oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kegeyli tuman davlat soliq inspeksiyasi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, “Usnatdin Maksim” fermer xoʻjaligini soddalashtirilgan tartibda bankrot deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan ariza qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud qarorlarini bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, Kegeyli tuman davlat soliq inspeksiyasi “Usnatdin Maksim” fermer xoʻjaligining 2008-yil 17-yanvar holatidagi budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan 1091,1 ming soʻm boqimanda qarzi boʻlganligi, qarzini toʻlash imkoniyatiga ega emasligi, davlat soliq inspeksiyasiga balans hisobotlarini topshirmaganligi, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligini vaj qilib, fermer xoʻjaligini soddalashtirilgan tartibda bankrot deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 188, 189-moddalariga asoslanib, “Usnatdin Maksim” fermer xoʻjaligini hozir boʻlmagan qarzdor sifatida bankrot deb topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ishni koʻrishda moddiy va protsessual huquq normalarini notoʻgʻri qoʻllagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 188-moddasiga muvofiq oʻz faoliyatini tugatgan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki tugatilayotgan yuridik shaxsning rahbari hozir boʻlmagan va ularning turgan joyini (yashash joyini) aniqlashning imkoni boʻlmagan taqdirda, hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza, kreditorlik qarzi miqdoridan qatʼi nazar, kreditor, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi, davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ, shuningdek prokuror tomonidan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud arizachidan “Usnatdin Maksim” fermer xoʻjaligi tugatilayotganligini tasdiqlovchi dalillarni talab qilib olmasdan, qolaversa, fermer xoʻjaligi rahbarining sud majlisida ishtirok etganligini eʼtibordan chetda qoldirib, “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 188, 189-moddalariga asoslanib fermer xoʻjaligini hozir boʻlmagan qarzdor sifatida bankrot deb topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi nizoni hal etishda qarzdorning jami muddati oʻtgan kreditorlik qarzlari miqdorini aniqlamagan, fermer xoʻjaligining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida bankrotlik alomatlari mavjudligini tekshirmasdan daʼvoni qanoatlantirish toʻgʻrisida barvaqt xulosaga kelgan. Apellatsiya instansiyasi sudi esa ushbu holatlarga huquqiy baho bermasdan, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 188-moddasining birinchi qismiga koʻra, moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorni oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorida ish uchun ahamiyatli barcha holatlar bayon etilgan va taraflarning huquq va majburiyatlari haqidagi xulosalarini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlsa, asoslantirilgan hisoblanadi. Hal qiluv qarori ish holatlari haqidagi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emas. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 2007-yil 15-iyundagi 161-son qarorining 3-bandida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda birinchi instansiya sudi fermer xoʻjaligi tugatilayotganligini tasdiqlovchi dalillarni talab qilib olib, qarzdorning jami muddati oʻtgan kreditorlik qarzlari miqdorini, fermer xoʻjaligining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida bankrotlik alomatlari mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlab, ishdagi dalillarga huquqiy baho berib, qonuniy va asoslantirilgan hal qiluv qarori qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 18-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-0807/919-son