Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2018 10.01.2001 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2018
Hujjat 10.01.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOLIQ VA BOJXONA ORGANLARI AKADEMIYASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-avgustdagi 704-sonli “Davlat soliq xizmati organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tartibga solish va takomillashtirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq respublika soliq va bojxona organlari uchun mutaxassislarni maqsadli tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining oʻquv markazlari bazasida soliq va bojxona kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha Soliq va bojxona organlari Akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya harbiylashtirilgan oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyada tinglovchilarni oʻqitish kunduzgi va sirtqi shakllarda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaga soliq va bojxona kollejlarini tamomlaganlar 4 yil muddat bilan bakalavrlar tayyorlash dasturi boʻyicha oʻqitish uchun, oliy oʻquv yurtlarini tamomlaganlar qisqartirilgan bir yillik dastur boʻyicha qayta tayyorlash uchun qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya bazasida soliq va bojxona organlari xodimlari uchun oʻqitish muddati 3 oygacha boʻlgan malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya tinglovchilari uchun oʻqish davri soliq va bojxona organlaridagi xizmat stajiga qoʻshiladi, Qurolli Kuchlar saflarida xizmatni oʻtamaganlar uchun esa muddatli harbiy xizmat muddati hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyani tamomlaganlarga belgilangan namunadagi diplom va tegishli ravishda bojxona xizmatining leytenanti yoki soliq xizmatining III darajali inspektori maxsus unvonlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning boshliqlar, professor-oʻqituvchilar tarkibiga va tinglovchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi xodimlarining tegishli toifalari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari, imtiyozlar, buyumlar, oziq-ovqatlar bilan taʼminlash normalari va belgilangan boshqa normalar tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Akademiya tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va bojxona organlari Akademiyasi boshligʻiga Akademiya tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning boshliqlar va professor-oʻqituvchilar tarkibi shtatdagi xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-son qarori 2-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tizimi xodimlarini qisqartirishda boʻshab qolgan xodimlar soni hisobiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi oʻquv markazlarining shtatdagi xodimlari sonini tegishli ravishda 23 va 20 kishiga qisqartirish hisobiga, xodimlarni 2-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich qabul qilgan holda, 212 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi xodimlardan tashqari) iborat etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan kelishgan holda, Akademiya xodimlarining shtat jadvalini tasdiqlangan tuzilmaga muvofiq bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Akademiya toʻgʻrisidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyada soliq va bojxona kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha mashgʻulotlarning 2001-yil 1-sentabrdan boshlanishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyadagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalarini, dasturlarini hamda oʻquv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001/2002 oʻquv yili boshlangungacha, oʻquv jarayonini tashkil etish va taʼlim sifatini taʼminlash xususiyatlarini hisobga olgan holda, oʻqituvchi kadrlarni tanlov asosida tanlash tizimini ishlab chiqsinlar va shu asosda Akademiyaning professor-oʻqituvchilar tarkibini yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat test markazi bilan kelishgan holda, Akademiyaga tinglovchilarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq va bojxona organlari Akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi 2001/2002 oʻquv yilida “Soliqlar va soliqqa tortish” hamda “Bojxona ishi” fakultetlariga quyidagi dasturlar boʻyicha tinglovchilar qabul qilinishini taʼminlasinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavrlar tayyorlash toʻliq dasturi boʻyicha har biri 25 kishidan iborat ikkitadan guruh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yillik qayta tayyorlash dasturi boʻyicha har biri 25 kishidan iborat bittadan guruh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Akademiyani oziq-ovqat, ashyoviy mulklar, mebellar va kazarma jihozlari, oziq-ovqat xizmati anjomlari va avtotransport vositalari bilan taʼminlashning belgilangan normalarini bir oy muddatda tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Akademiya Toshkent shahar, Sobir Yusupov koʻchasi, 3-uy va Muqimiy koʻchasi, 166-uydagi Toshkent soliq kolleji va Davlat soliq qoʻmitasining oʻquv markazi binolariga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi (“Biznes fond”) va “Madad” sugʻurta agentligining Sobir Yusupov koʻchasi, 1-uyda joylashgan binosini hamda “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi oʻquv markazining Sobir Yusupov koʻchasi, 3-uyda joylashgan binosini (tutash hududlari bilan) qoldiq balans qiymati boʻyicha Akademiya balansiga bersinlar. Berilayotgan binolar uchun toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi maxsus fondlari mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilayotgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalarini toʻlovsiz ajratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi (“Biznes fond”)ni hamda “Madad” sugʻurta agentligini joylashtirishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi xarajatlar smetalariga va shtat jadvallariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yildan boshlab soliq va bojxona organlari Akademiyasini taʼminlash uchun belgilangan tartibda zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Akademiya uchun oshxona, yordamchi transformator stansiyasi va nazorat-oʻtkazish punkti qurilishini, uning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilishni 2001-yil investitsiya dasturiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. "Oʻzbekyengilsanoat", “Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmalari, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi Akademiya oʻquvchilarini formali kiyim-bosh va oziq-ovqatlar bilan taʼminlashga koʻmaklashsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 2-maydagi 175-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Oʻ.T.Komilov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 10-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 10-yanvardagi 16-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va bojxona organlari Akademiyasi tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 10-yanvardagi 16-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va bojxona organlari Akademiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shtatdagi xodimlari soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimlar toifasi nomi

Lavozimlar soni‎‎‎

‎Hammasi

shu jumladan: yillar boʻyicha kiritiladi‎

2000‎

2001‎

2002‎

2003‎

2004‎

Hammasi:‎

212‎

87‎

59‎

38‎

18‎

10‎

shu jumladan:‎
Oliy boshliqlar tarkibi‎

1‎

1‎

0‎

0‎

0‎

0‎

Katta boshliqlar tarkibi‎

143‎

65‎

36‎

26‎

11‎

5‎

Oʻrta boshliqlar tarkibi‎

54‎

15‎

15‎

12‎

7‎

5‎

Kichik boshliqlar tarkibi‎

14‎

6‎

8‎

0‎

0‎

0‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 1-2-son, 3-modda; 2003-y., 9-10-son, 77-modda)