18.06.2008 yildagi 11-0821/2047-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“XAMIDULLA-SOBIR” fermer xoʻjaligi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, Boʻka tuman hokimining 2007-yil 30-oktabrdagi 568-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2008-yil 22-fevraldagi ajrimi bilan “Suyun ota” fermer xoʻjaligi ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 17-martdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Boʻka tuman hokimligiga xususiy ajrim kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni muhokama qilib, ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagi asoslarga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Boʻka tuman hokimining 2006-yil 26-yanvardagi 43-sonli qarori bilan “XAMIDULLA-SOBIR” fermer xoʻjaligi tashkil etilib, unga jami 24,7 ga yer maydoni ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimligi bilan “XAMIDULLA-SOBIR” fermer xoʻjaligi oʻrtasida 2006-yil 31-yanvarda yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasi tuzilib, ushbu shartnoma 2006-yil 1-fevralda 827-raqam bilan tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimida roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻka tuman hokimi tomonidan 2007-yil 30-oktabrda daʼvogarga ajratilgan yer maydonini tuman zaxira fondiga qaytarish haqida 568-sonli qaror qabul qilingan. Mazkur qarorda “XAMIDULLA-SOBIR” fermer xoʻjaligining arizasiga asosan fermer xoʻjaligiga ajratilgan yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarish, tanlov oʻtkazilgunga qadar ushbu yer maydonini “Suyun ota” fermer xoʻjaligiga ajratish va “XAMIDULLA-SOBIR” fermer xoʻjaligini tugatish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasiga koʻra yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasiga koʻra, fermer xoʻjaligi fermer xoʻjaligi boshligʻining qaroriga binoan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻka tuman hokimligi tomonidan yuqorida qayd etilgan qonun normalariga zid ravishda, yaʼni fermer xoʻjaligi bilan tuzilgan yer ijara shartnomasini bekor qilmasdan va fermer xoʻjaligini tugatish haqida fermer xoʻjaligi boshligʻining qarori qabul qilinmasdan turib, daʼvogarga ajratilgan yer maydonini tuman zaxirasiga qaytarish va fermer xoʻjaligini tugatish haqida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun birinchi instansiya sudi Boʻka tuman hokimining 2007-yil 30-oktabrdagi 568-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻka tuman hokimining 2007-yil 30-oktabrdagi 568-sonli qarorida ushbu qaror fermer xoʻjaligining arizasi asosida qabul qilinganligi koʻrsatilgan boʻlsa-da, javobgar fermer xoʻjaligi yerini qaytarish va fermer xoʻjaligini tugatish haqida ariza berganligi holatini isbotlab bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarga ajratilgan yer maydoni hozirda “Bolbek-Karvon” fermer xoʻjaligiga ajratib berilganligi uchun hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni inobatga olib boʻlmaydi. Chunki, birinchidan, mazkur nizo daʼvogar va Boʻka tuman hokimligi oʻrtasida boʻlib, haqiqiy emas deb topilgan tuman hokimining qarori “Bolbek-Karvon” fermer xoʻjaligining manfaatiga taʼsir qilmaydi. Ikkinchidan, Boʻka tuman hokimining “Bolbek-Karvon” fermer xoʻjaligiga dastlab daʼvogarga ajratilgan 24,7 gektar yer maydonini ajratish haqidagi 2008-yil 17-yanvardagi 44-sonli qarori Toshkent viloyat xoʻjalik sudining 2008-yil 28-apreldagi hal qiluv qarori bilan haqiqiy emas deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, sudlov hayʼati hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini javobgar zimmasiga yuklashni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 18-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-0821/2047-son