23.06.2009 yildagi 18-0903/1297-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar toʻlanishi lozim boʻlgan neustoyka kreditorning majburiyatini buzish oqibatlariga nomutanosibligi koʻrinib tursa, sud neustoykani kamaytirishga haqli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TEHCHORVASERVIS” taʼminot jamoa korxonasi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, AT “Paxtabank” va AT “Paxtabank” Beshkent filialidan 2999078,36 soʻm debet aylanma toʻlovi, 2411000 soʻm kredit foizi, 541007 soʻm penya, 1352520 soʻm jarima, 146100 soʻm davlat boji va 7000 soʻm pochta xarajatlari, jami 7456705,36 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT “Paxtabank” Beshkent filiali AT “Paxtabank” nomidan qarshi daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “TEHCHORVASERVIS” taʼminot jamoa korxonasidan 2324154 soʻm foiz, 1162077 soʻm penya, 349323 soʻm davlat boji, 70000 soʻm pochta xarajatlari, jami 3842554 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan dastlabki daʼvo va qarshi daʼvo talablari qisman qanoatlantirilgan. AT “Paxtabank”dan “TEHCHORVASERVIS” taʼminot jamoa korxonasiga 2938535 soʻm asosiy qarz va 293853 soʻm penya undirilgan. “TEHCHORVASERVIS” taʼminot jamoa korxonasidan “AT “Paxtabank”ka 2324154 soʻm kredit foizi va 232425 soʻm penya undirilgan. Daʼvolarning qolgan qismi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, dastlabki daʼvoni toʻla qanoatlantirish, kassatsiya shikoyati yuzasidan bildirilgan yozma fikrda esa hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, “TEHCHORVASERVIS” taʼminot jamoa korxonasi (bundan buyon matnda korxona deb yuritiladi) va AT “Paxtabank” Beshkent filiali (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) oʻrtasida 2008-yil 1-yanvarda bank hisobvaragʻi shartnomasi tuzilgan. Shartnomaning 1-ilovasida bank korxonadan hisob-toʻlov operatsiyalari uchun toʻlov summasining 0,01 foizi miqdorida xizmat haqi olishi belgilangan. Korxona 2008-yil 1-yanvardan 16-dekabrgacha boʻlgan vaqt mobaynida jami 300821089 soʻmlik debet operatsiyalarini amalga oshirgan. Shartnomaga koʻra bank ushbu operatsiyalardan 0,01 foiz miqdorda, yaʼni 30082 soʻm xizmat haqi olishi lozim boʻlsa-da, 2968617 soʻm ushlab qolgan. Natijada bank korxonadan 2938535 soʻmni asossiz undirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 5.2 bandida bankning aybi bilan elektron toʻlovlar notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan notoʻgʻri amalga oshirilgan summa korxonaning hisob varagʻiga oʻtkazilishi, kechiktirilgan har bir kun uchun notoʻgʻri amalga oshirilgan elektron toʻlov summasining 0,1 foizi miqdorida, ammo shu summaning 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashi nazarda tutilgan. Shu sababli AT “Paxtabank”dan korxona foydasiga asosli ravishda 2938535 soʻm notoʻgʻri undirilgan summa va 293853 soʻm penya undirilib, daʼvoning qolgan qismi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, bank va korxona oʻrtasida 2005-yil 18-avgustda 35-son kredit shartnomasi tuzilib, 2007-yilning avgustigacha qaytarish sharti bilan korxonaga 30,0 mln. soʻm kredit ajratilgan. Kreditni qaytarish muddatlariga rioya qilinmaganligi oqibatida korxonadan 12039671 soʻm kredit foizi hisoblanishi va undirilishi lozim boʻlsa-da, amalda 9715507 soʻm undirilgan. Natijada korxonaning undirilmagan kredit foizidan qarzi 2324164 soʻmni tashkil etgan. Shu sababli korxonadan bankka 2324154 soʻm toʻgʻri undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 326-moddasiga koʻra, agar toʻlanishi lozim boʻlgan neustoyka kreditorning majburiyatini buzish oqibatlariga nomutanosibligi koʻrinib tursa, sud neustoykani kamaytirishga haqli. Bunda qarzdor majburiyatni qay darajada bajarganligi, majburiyatda ishtirok etayotgan taraflarning mulkiy ahvoli, shuningdek kreditorning manfaatlari eʼtiborga olinishi kerak. Sud alohida hollarda qarzdor va kreditorning manfaatlarini hisobga olib kreditorga toʻlanishi lozim boʻlgan neustoykani kamaytirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qonun talabidan kelib chiqqan holda bankning korxonadan undirishni talab qilgan 1162077 soʻm penya summasi asosli ravishda 232415 soʻmga kamaytirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 23-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-0903/1297-son