09.06.2010 yildagi 14-0907/16646(1)-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi har qanday holda ham birinchi instansiya xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi javobgarlar — “Oʻzbek charmi” AK Samarqand viloyat savdo-tayyorlov korxonasi, “PAXTAKOR” MChJga nisbatan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, 2003-yil 11-noyabrdagi 2Z/208-sonli oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishni, noqonuniy begonalashtirilgan davlat mulklarini davlat egaligiga qaytarishni, bino va inshootlarning noqonuniy begonalashtirilganligi oqibatida yetkazilgan zararni aybdorlardan undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik daʼvogar sudga qoʻshimcha daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, daʼvo talabini oʻzgartirgan, 2003-yil 11-noyabrdagi 23/208-sonli shartnomani haqiqiy emas deb topishni, noqonuniy begonalashtirilgan davlat mulklarini davlat egaligiga qaytarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2010-yil 18-yanvardagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2010-yil 30-apreldagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish masalasi qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat vajlarini muhokama qilib, ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, toʻliq davlat mulki hisoblangan “Oʻzbek charmi” Samarqand viloyat savdo-tayyorlov shuʼba korxonasi direktori tomonidan korxonaning operativ boshqaruvida boʻlgan, Samarqand shahri, U.Joʻraqulov koʻchasi, 82-manzilda joylashgan, davlat mulki boʻlgan umumiy maydoni 23649, 19 m2 maydondan iborat bino va inshootlarni 2003-yil 11-noyabrdagi 2R/208-sonli oldi-sotdi shartnomasiga asosan “Paxtakor” XSTKga sotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi javobgarlar — “Oʻzbek charmi” AK Samarqand viloyat savdo-tayyorlov korxonasi, “PAXTAKOR” MChJga nisbatan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, 2003-yil 11-noyabrdagi 2Z/208-sonli oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topishni, noqonuniy begonalashtirilgan davlat mulklarini davlat egaligiga qaytarishni, bino va inshootlarning noqonuniy begonalashtirilganligi oqibatida yetkazilgan zararni aybdorlardan undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining javobgarlar manzillariga yuborilgan ajrimlari konvertlarda manzillar notoʻgʻri koʻrsatilganligi sababli sudga qaytarilgan. Ushbu holat ishdagi mavjud aloqa boʻlimi dalolatnomalari bilan oʻz tasdigʻini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 124-moddasining birinchi qismiga muvofiq, ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida sudning ajrimi orqali xabardor qilinadi. Ajrim topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat bilan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudida nizoli obyekt “PAXTAKOR” MChJ tomonidan “Juma qum karyeri” MChJga, yaʼni uchinchi shaxsga sotib yuborilganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan birinchi instansiya sudi javobgarlarni sud majlisi vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilmasdan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxsning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilganligi haqidagi xulosasini asosli deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning daʼvo arizasida 2003-yil 11-noyabrdagi 2Z/208-sonli oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topishni, noqonuniy begonalashtirilgan davlat mulklarini davlat egaligiga qaytarishni, bino va inshootlarning noqonuniy begonalashtirilganligi oqibatida yetkazilgan zararni aybdorlardan undirish haqida uchta talab qoʻyilgan boʻlsa-da, birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvoning bino va inshootlarning noqonuniy begonalashtirilganligi oqibatida yetkazilgan zararni aybdorlardan undirish haqidagi qismi muhokama qilinmagan hamda daʼvoning ushbu qismi boʻyicha tegishli qaror qabul qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 170-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi har qanday holda ham birinchi instansiya xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 9-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-0907/16646(1)-son