19.05.2010 yildagi 11-1027/3243-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar — “Ayri-soy” fermer xoʻjaligi javobgarlar — Ohangaron tuman hokimiyati, “Qora sirt” fermer xoʻjaligi hamda daʼvo predmetiga mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar — Toshkent viloyat hokimiyati va Toshkent viloyat yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasiga nisbatan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Ohangaron tuman hokimining 2009-yil 4-avgustdagi 323-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo toʻliq qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad etish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan koʻrinishicha, Ohangaron tuman hokimining 2008-yil 17-noyabrdagi 406-61-sonli qarori bilan “Ayri-soy” fermer xoʻjaligiga tuman hokimligi zaxira yeri hisobidan qoʻshimcha 273,8 gektar yer ajratib berilgan va fermer xoʻjaligining umumiy yer maydoni 892,6 gektarni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi bilan “Ayri-soy” fermer xoʻjaligi oʻrtasida 2009-yil 24-aprelda 892,6 gektar yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish toʻgʻrisida 128-sonli shartnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ohangaron tuman hokimi protest asosida 2009-yil 4-avgustdagi 323-sonli qarori bilan oʻzining 2008-yil 17-noyabrdagi 406-61-sonli qarorini bekor qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayri-soy” fermer xoʻjaligi ushbu qaror qonunga zid ravishda chiqarilganligini bildirib, uni haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 36-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, ushbu modda birinchi qismining 1 — 11-bandlarida koʻrsatilgan hollarda yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga muvofiq huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarga asosan tegishincha tumanlar, shaharlar, viloyatlar hokimlarining qarorlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur moddaning beshinchi qismiga koʻra, ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 6 — 10, 12-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tugatish ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasini bekor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ohangaron tuman hokimligi nizoli qaror Yer kodeksi 36-moddasining yuqorida qayd etigan talablariga rioya etgan holda qabul qilinganligini, jumladan, nizoli qaror fermer xoʻjaligining yer uchastkasiga nisbatan boʻlgan ijara huquqini tugatish ijara shartnomasini bekor qilish yoʻli bilan qabul qilinganligini isbotlab bermagan. Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 55-moddasi birinchi qismiga koʻra, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Davlat organlari va boshqa organlarning hujjatlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolar koʻrilganda ushbu hujjatlarning qabul qilinishiga asos boʻlgan holatlarni isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan organ zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimligi va fermer xoʻjaligi oʻrtasida tuzilgan yer ijara shartnomasi qonuniy kuchda boʻlib, ushbu shartnoma bekor qilinmagan yoki haqiqiy emas deb topilmagan. Bu esa, tuman hokimining 2009-yil 4-avgustdagi 323-sonli qarori qonun talablariga rioya etilmagan holda qabul qilingan degan xulosani beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyatda keltirilgan vajlar bilan kelisha olmaydi. Chunki, yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tugatish yer uchastkasining ijara shartnomasini bekor qilish yoʻli bilan amalga oshirilishi kerak. Ijara shartnomasini bekor qilish esa Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 24-moddasining toʻqqizinchi qismi talabiga rioya etilgan holda, yaʼni taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolaversa, “Ayri-soy” fermer xoʻjaligiga tuman hokimining 2008-yil 17-noyabrdagi 406-61-sonli qarori bilan “Qora sirt” fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan yer maydoni emas, balki tuman hokimligi zaxira yeri hisobidan 273,8 gektar yer maydoni ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, birinchi instansiya sudi asosli ravishda daʼvoni qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, sudlov hayʼati hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirib, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini “Qora sirt” fermer xoʻjaligi zimmasiga yuklashni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 19-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-1027/3243-son