03.11.2009 yildagi 14-09-12/9229(27)-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, bundan ularning qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollar mustasno, yoxud tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlarni yashirish (kamaytirib koʻrsatish) kirim qilinmagan tovar qiymati yoki yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) tushum summasiga teng miqdorda jarima solishga sabab boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, “SAYOHAT” xususiy korxonasiga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan 375621,9 ming soʻm, 119-moddasiga asosan eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan “SAYOHAT” xususiy korxonasiga 1402000 soʻm moliyaviy jarima qoʻllanilgan. Daʼvoning qolgan qismi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgartirilib, “SAYOHAT” xususiy korxonasiga 375621900 soʻm moliyaviy jarima ham qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud qarorini bekor qilib, hal qiluv qarorini kuchda qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, 32/28416-sonli jinoyat ishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyat boshqarmasining hujjatli taftish tayinlash haqida 2009-yil 6-fevraldagi qaroriga hamda Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasining 2009-yil 6-martdagi 345-son buyrugʻiga asosan “SAYOHAT” xususiy korxonasining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida soliq qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan hujjatli tekshirish oʻtkazilgan. Tekshirish natijasi yuzasidan dalolatnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish dalolatnomasida “SAYOHAT” xususiy korxonasi tomonidan 2007-yil 106854,4 ming soʻmlik, 2008-yil 239938,0 ming soʻmlik yalpi tushum va 28829,3 ming soʻmlik naqd pullar tushumi yashirilganligi, shuningdek nazorat-kassa mashinasining qoʻllanilish tartibi buzilganligi aniqlanganligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan Soliq kodeksining 119-moddasiga asosan 1402000 soʻm miqdorida moliyaviy jarima qoʻllash haqida hal qiluv qarori qabul qilingan. Ammo sud 375621900 soʻm moliyaviy jarima qoʻllash haqidagi talabni asossiz ravishda rad qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismiga koʻra, kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, bundan ularning qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollar mustasno, yoxud tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlarni yashirish (kamaytirib koʻrsatish) kirim qilinmagan tovar qiymati yoki yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) tushum summasiga teng miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudining 2009-yil 12-iyundagi hukmi bilan “SAYOHAT” xususiy korxonasi tomonidan 2007-2008-yillarda jami 375621900 soʻmlik tushum yashirilganligi tasdiqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 60-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, jinoyat ishi boʻyicha umumiy sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari boʻyicha xoʻjalik sudi uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi asosli ravishda hal qiluv qarorini oʻzgartirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati sud qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-09-12/9229(27)-son