03.11.2009 yildagi 17-0910/3609-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning aybi bilan soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini oʻtkazish topshiriqnomasi, tegishli vakolatli organning ularni undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasi bajarilmagan (bajarilishi kechiktirilgan) taqdirda, bankdan har bir kechiktirilgan kun uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻtkazilmagan summasining 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi OAT “Turonbank” Andijon filialiga nisbatan xoʻjalik sudiga murojaat qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 53-moddasiga asosan 74357023 soʻm moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAT “Turonbank” Andijon filiali bosh ishonchnomaga asosan qarshi daʼvo bilan murojaat qilib, Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasining 2009-yil 17-martdagi qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi bilan OAT “Turonbank” ishga javobgar sifatida jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan dastlabki daʼvo rad etilgan, qarshi daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protestida sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilish, kassatsiya shikoyatida esa sud qarorini bekor qilib, OAT “Turonbank” Andijon filialiga 74357023 soʻm moliyaviy jarima qoʻllash soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati protest va shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorlarini bekor qilishni hamda dastlabki daʼvoni qanoatlantirish, qarshi daʼvoni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti Andijon viloyat boshqarmasining “hujjatli taftish tayinlash va hujjatlarni olish haqida” 2008-yil 17-yanvardagi qaroriga va 2008-yil 17-yanvardagi 08-2008-son buyrugʻiga asosan OAT “Turonbank” Andijon filialida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamidagi mablagʻlarni, chiqarilishi yuzasidan tekshirish oʻtkazilgan. Tekshiruvchilar tomonidan tekshirish tartibi va qoidalari buzilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishda bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999-yil 30-yanvarda 615-son bilan roʻyxatga olingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobraqamlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma talablari buzilib, 4 ta holatda, yaʼni “Asaka sharob” ixtisoslashgan shuʼba korxonasi, “Naft” ilmiy ishlab chiqarish savdo kompaniyasi, “Ufq” koʻp tarmoqli nogironlar firmasi va “Favorit ritm stroy” shuʼba korxonalarining soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻtkazilishi lozim boʻlgan inkasso topshiriqnomalari bajarilmaganligi uchun OAT “Turonbank” Andijon filialiga har bir kechiktirilgan kun hisobiga Soliq kodeksining 53-moddasiga asosan 0,5 foiz miqdorida — 74357023 soʻm jarima hisoblangan. Bu haqda 2008-yil 13-fevraldagi dalolatnomada qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisoblangan moliyaviy jarimani ixtiyoriy toʻlash haqida Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasining 2009-yil 17-martdagi qarori bank tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi 74357023 soʻm moliyaviy jarima qoʻllashni, OAT “Turonbank” Andijon filiali esa Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasining 2009-yil 17-martdagi qarorini haqiqiy emas deb topishni suddan soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi dastlabki daʼvoni rad etib, qarshi daʼvoni qanoatlantirish haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksi 53-moddasining oltinchi qismiga asosan bankning aybi bilan soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini oʻtkazish topshiriqnomasi, tegishli vakolatli organning ularni undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasi bajarilmagan (bajarilishi kechiktirilgan) taqdirda, bankdan har bir kechiktirilgan kun uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻtkazilmagan summasining 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi dastlabki daʼvoni rad etishda, Soliq kodeksining 102-moddasiga asoslanib, tekshirish 2008-yil 18-fevralda yakunlanganligi sababli, tekshirish materiallari oʻn ish kuni oʻtgach, biroq oʻn besh ish kunidan kechiktirmasdan koʻrib chiqilishi lozimligi, lekin tekshirish materiallari 2009-yilning mart oyida koʻrib chiqilib, yuqoridagi qonun talabi buzilgan deb hisoblab notoʻgʻri toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tekshirish materiallari 2008-yil 25-fevralda oʻrganilib, tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda soliqqa oid huquqbuzarlikni bartaraf etish haqida qaror qabul qilingan. Mazkur qaror OAT “Turonbank” Andijon filialiga qonunda belgilangan tartibda yuborilgan, shuningdek bank filiali boshqaruvchisining tushuntirish xatida aniqlangan holatlarni tan olgan va tekshirish yuzasidan hech qanday eʼtiroz bildirmagan. Dyemak, daʼvogar qonunda belgilangan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etgan holda sudga murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi ushbu holatlarga huquqiy baho bermasdan hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati sud qarorlarini bekor qilishni hamda dastlabki daʼvoni qanoatlantirish, qarshi daʼvoni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-0910/3609-son