18.03.2015 yildagi 21-1307/1747-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar daʼvogarning daʼvodan voz kechishi, javobgarning daʼvoni tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi qonun hujjatlariga xilof boʻlsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa, xoʻjalik sudi daʼvodan voz kechishni, daʼvo talablari miqdorini kamaytirishni, daʼvoni tan olishni qabul qilmaydi, kelishuv bitimini tasdiqlamaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KAPITALBANK” ATB xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudining 2013-yil 8-fevraldagi 2012/12-003-sonli hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 17-apreldagi ajrimi bilan ariza qanoatlantirilib, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudining 2013-yil 8-fevraldagi 2012/12-003-sonli hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik, “KAPITALBANK” ATB xoʻjalik sudiga 2014-yil 16-oktabrdagi 40/07421-son ariza bilan murojaat qilib, “KAPITALBANK” ATB va “SARDOBA PARRANDA” AJ oʻrtasida 2014-yl 16-oktabrda tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 28-noyabrdagi ajrimi bilan kelishuv bitimini tasdiqlash rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KAPITALBANK” ATBning kassatsiya shikoyatida birinchi instansiya sudining 2014-yil 28-noyabrdagi ajrimini bekor qilib, kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud ajrimini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlari va sud muhokamasidan aniqlangan holatlardan koʻrinishicha, “KAPITALBANK” ATB xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi xuzuridagi Hakamlik sudining 2013-yil 8-fevraldagi “SARDOBA PARRANDA” AJ hamda “AGRO PARRANDA INVEST” MChJdan solidar tartibda bank foydasiga 671 702 390 sum undirish, undiruvni garov narsasi (muomalada boʻlgan tovar-moddiy zaxiradagi tovarlar: soya shroti, bugʻdoy, margarin, kombikorm, semechka shroti, vitaminlar)ga qaratish toʻgʻrisidagi 2012/12-003-sonli hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2013-yil 17-apreldagi ajrimi bilan ariza qanoatlantirilib, “KAPITALBANK” ATB foydasiga “SARDOBA PARRANDA” AJ hamda “AGRO PARRANDA INVEST” MChJdan solidar tartibda qarz summasini undirish, undiruvni garov narsasi (muomalada boʻlgan tovar-moddiy zaxiradagi tovarlar: soya shroti, bugʻdoy, margarin, kombikorm, semechka shroti, vitaminlar)ga qaratish toʻgʻrisidagi ijro varaqasi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur ijro hujjati yuzasidan 2014-yil 16-oktabrda “KAPITALBANK” ATB va “SARDOBA PARRANDA” AJ oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilib, unga koʻra “SARDOBA PARRANDA” AJ amaldagi garov narsasi (muomalada boʻlgan tovar-moddiy zaxiradagi tovarlar: soya shroti, bugʻdoy, margarin, kombikorm, semechka shroti, vitaminlar)ni Karmana tumani Malik Rabot qoʻrgʻonida joylashgan umumiy yer maydoni 267 085,0 m2, qurilish maydoni 6 646,02 m2 iborat boʻlgan koʻchmas mulkka almashtirib, bu haqda notarial tartibda rasmiylashtirilgan garov shartnomasini tuzish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan. Koʻchmas mulk qiymatini taraflar oʻzaro 671 702 390 soʻmga baholaganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimining 2-bandiga koʻra, “SARDOBA PARRANDA” AJ “KAPITALBANK” ATB oldidagi 671 702 390 soʻm kredit qarzdorlikni 2015-yil 15-martga qadar grafik asosida quyidagi tartibda toʻlab berishni oʻz zimmasiga olgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 15-yanvarga qadar – 223 900 000 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 15-fevralga qadar 223 900 000 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 15-martga qadar 223 902 390 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlariga ilova qilingan Karmana tuman Sud ijrochilari boʻlimining Navoiy viloyat xoʻjalik sudiga yoʻllangan 2014-yil 13-maydagi 4416-sonli arizasida amaldagi garov narsasi (muomalada boʻlgan tovar-moddiy zaxiradagi tovarlar: soya shroti, bugʻdoy, margarin, kombikorm, semechka shroti, vitaminlar) koʻzdan kechirilganda mavjud emasligi sababli, undiruvni javobgarlarning boshqa mol-mulklari – transport vositalari, bino va inshootlariga qaratish yoki qaratmaslik yuzasidan tushuntirish berish soʻralgan. Karmana tuman Sud ijrochilari boʻlimining mazkur arizasi sudning 2014-yil 16-maydagi ajrimi bilan qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi qayd etilgan holatda, taraflar oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilishi amaldagi garov narsasi mavjud emasligi sabab boʻlganligi hamda ushbu vaziyatni bartaraf etib, amaldagi garov narsasini likvidli koʻchmas mulk bilan almashtirish maqsad qilib olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, aniqlanishicha undiruvchi “KAPITALBANK” ATBdan tashqari qarzdor “SARDOBA PARRANDA” AJda undiruvchi “Turonbank” ATB foydasiga 3 129 821 715 soʻm, “Tyan Shan Invest” MChJga 345 960 000 soʻm, “Karmana parranda invest” MChJga 1 240 004 052 soʻm, “Karmanatumangaz” filialiga 31 933 743 soʻm, Karmana tuman Davlat soliq inspeksiyasiga 211 764 608 soʻm hamda 37 814 716 soʻm davlat boji undirish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari asosida qoʻzgʻatilgan ishlar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi 204-sonli qarorining 12 — 14-bandlarida kelishuv bitimi shartlarini koʻrib chiqishda sudning vazifasi taraflarning kelishuv bitimini tuzish va ish yuritishni tugatishga boʻlgan haqiqiy xohish-irodasini, ular tomonidan kelishuv bitimi tuzilayotganida qonun talablari bajarilganligini aniqlash va kelgusida kelishuv bitimini sud hujjatlari bilan teng shartlarda ijro qilinishini taʼminlashdan iboratligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilayotganida taraflar taqdim etgan kelishuv bitimi qonun hujjatlariga xilof emasligini va u boshqa biror-bir shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini, agar kelishuv bitimi koʻchar yoki koʻchmas mulkni berish toʻgʻrisidagi shartni oʻz ichiga olsa, sud ushbu mulkka uchinchi shaxslarning huquqlari bor-yoʻqligini (xatlab qoʻyilganligini, garovga qoʻyilganligini va h.k.) tekshirishi lozim. Koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda, sud XPK 40-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi va ishni mazmunan koʻrib chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi huquqiy tabiatiga koʻra bitim ekanligini va kelishuvning qonun hujjatlariga muvofiqligini oʻrganishda uni tuzish tartibini ham tekshirishlari lozimligini hisobga olishlari kerakligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kelishuv bitimining tarafi aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat boʻlsa, mazkur kelishuv yirik bitim belgilariga javob berishini, u “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibga muvofiq tuzilganligini aniqlash talab qilinishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda, “KAPITALBANK” ATB va “SARDOBA PARRANDA” AJ oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimiga asosan koʻchmas mulklar faqatgina “KAPITALBANK” ATB talabini qanoatlantirish uchun unga garovga berilishi undiruvlar navbatiga rioya etilmagan holda, boshqa undiruvchilarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 40-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan agar daʼvogarning daʼvodan voz kechishi, javobgarning daʼvoni tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi qonun hujjatlariga xilof boʻlsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa, xoʻjalik sudi daʼvodan voz kechishni, daʼvo talablari miqdorini kamaytirishni, daʼvoni tan olishni qabul qilmaydi, vakelishuv bitimini tasdiqlamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda birinchi instansiya sudi, “KAPITALBANK” ATB va “SARDOBA PARRANDA” AJ oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimiga asosan koʻchmas mulklar faqatgina “KAPITALBANK” ATB talabini qanoatlantirish uchun unga garovga berilishi undiruvlar navbatiga rioya etilmagan holda, boshqa undiruvchilarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzishni eʼtiborga olgan holda, kelishuv bitimini tasdiqlashni haqli ravishda rad etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilganlarga asosan sudlov hayʼati, birinchi instansiya sudining 2014-yil 28-noyabrdagi ajrimini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-1307/1747-son