06.12.2010 yildagi 10-1006/9021-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual qonunchilik normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” OAJ Mirobod tuman “Elektr tarmoqlari korxonasi”ning manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar 174-son maktabgacha taʼlim muassasasidan 270494,40 soʻm asosiy qarz, 1853787,75 soʻm jarima, 297362,01 soʻm penya, jami — 2426646,16 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo talablari qisman qanoatlantirilib, 174-son maktabgacha taʼlim muassasasidan “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” OAJ foydasiga 270494,40 soʻm asosiy qarz, 1853787,75 soʻm jarima va 45000 soʻm penya undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad etish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protestida hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyati va protestda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra kassatsiya shikoyatini qisman, protestni toʻliq qanoatlantirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, taraflar oʻrtasida 2010-yil 28-yanvarda 0417-sonli elektr energiyasini yetkazib berish va undan foydalanish shartnomasi tuzilgan. Shartnomaga koʻra, daʼvogar elektr energiyasini yetkazib berib turish majburiyatini, javobgar esa qabul qilingan elektr energiyasi haqini toʻlash majburiyatini olgan. Daʼvogar tomonidan shartnoma shartlari bajarilgan, lekin javobgar tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasining haqi — 270494,40 soʻm toʻlanmagan. Natijada, 297364,01 soʻmlik penya yuzaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida javobgardan shartnomaning 6.4 bandiga asosan 2008 — 2010-yillarda shartnomaviy hajmlardan ortiqcha olingan elektr energiyasining miqdori uchun 1853787,57 soʻm jarima undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvo talablarini qisman qanoatlantirish haqida barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, birinchi instansiya sudi javobgardan 2008, 2009 va 2010-yillar mobaynida shartnomaviy hajmlardan ortiqcha olingan elektr energiyasining miqdori uchun 1853787,57 soʻm jarimani undirgani holda, daʼvogardan ushbu talabni asoslovchi tegishli hujjatlarni, yaʼni 2008-2009-yillardagi shartnomalar, dalolatnomalar, hisob-kitoblarni talab qilib olmagan hamda ularga tegishlicha huquqiy baho bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning ushbu talablarini tasdiqlovchi biror-bir hujjat ish hujjatlarida mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, ish hujjatlarida taraflar oʻrtasida 2010-yil 28-yanvarda tuzilgan budjet tashkilotlari uchun elektr energiyasi shartnomasi mavjud boʻlib, unga koʻra javobgar budjet tashkiloti boʻlgani holda birinchi instansiya sudi daʼvogarning jarima undirish haqidagi daʼvo talabidan kelib chiqqan holda ishga gʻaznachilik idorasi vakillarini jalb etish choralarini koʻrmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 161-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisida sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual qonunchilik normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerakligi, qayd etilgan talablarga rioya etmaslik qarorning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlishi mumkinligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilganlarga asosan sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatini qisman, protestni esa toʻliq qanoatlantirib, hal qiluv qarorini bekor qilishni hamda ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda birinchi instansiya sudi yuqorida qayd etilgan holatlarni muhokama qilib, daʼvo talablarini asoslovchi hujjatlarning asl nusxalarini talab qilib olgan holda ularni oʻrganib, ishga gʻaznachilik idorasi vakillarini jalb etish masalasini hal etib, moddiy va protsessual huquq normalari bilan asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi va ishni sudda koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlab, undirishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 6-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-1006/9021-son