13.04.2011 yildagi 10-1014/17965-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar — “Titan-MMK” MChJ javobgarlar — MChJ shaklidagi “Nur-Maks” Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya qoʻshma korxonasi (bundan buyon matnda Qoʻshma korxona deb yuritiladi), “Oybek-Marjona-Fayz” koʻp tarmoqli ishlab chiqarish xususiy korxonasi (KTXIChK), OATB “Savdogarbank” Qashqadaryo viloyat boʻlimiga (bundan buyon matnda Bank deb yuritiladi) nisbatan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, 2009-yil 25-noyabrda tuzilgan kafillik shartnomasini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2010-yil 10-noyabrdagi ajrimi bilan ishga OATB “Savdogarbank” javobgar sifatida jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2010-yil 24-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talabi toʻliq qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2011-yil 4-fevraldagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni rad etish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga asosan sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2002-yil 17-sentabrdagi 97-sonli qarori bilan roʻyxatga olingan Qoʻshma korxona Nizomining 8.2-bandida jamiyat ustav fondi 254030 AQSh dollarini tashkil etishi qayd etilgan. Unda “Amid LTD” kompaniyasining ulushi 177820 AQSh dollari — Qoʻshma korxona ustav fondining 70 foizini, “Mikotem” OAJning ulushi 76210 AQSh dollari — Qoʻshma korxona ustav fondining 30 foizini tashkil etishi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma korxona taʼsischilarining 2004-yil 25-oktabrdagi 10-sonli qarori bilan korxona ustavining 1.3.2-bandiga oʻzgartirish kiritilib, unda “Titan-MMK” MChJ “Mikotem” OAJning huquqiy vorisi hisoblanishi qayd etilgan va mazkur oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 12-noyabrda 1052-raqam bilan roʻyxatga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, Bank bilan “Oybek-Marjona-Fayz” KTXIChK oʻrtasida 2007-yil 3-dekabrda tuzilgan 159-sonli kredit shartnomasiga asosan Bank tomonidan “Oybek-Marjona-Fayz” KTXIChKga 2 yillik muddatda qaytarish sharti bilan 300 000 000 soʻm kredit ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditning qaytarilishini taʼminlash maqsadida 2009-yil 15-noyabrda Bank, “Oybek-Marjona-Fayz” KTXIChK hamda Qoʻshma korxona oʻrtasida tuzilgan kafillik shartnomasiga koʻra, Qoʻshma korxona (kafil) “Oybek-Marjona-Fayz” KTXIChK tomonidan kreditdan boʻlgan qarz oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda 300000000 soʻmni Bankka toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 44-moddasining toʻrtinchi qismida jamiyatda jamiyatning kuzatuv kengashi tuzilgan taqdirda, qiymati jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma beshdan to ellik foizgachasini tashkil etadigan mol-mulkni olish, tasarrufdan chiqarish yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bogʻliq boʻlgan yirik bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish jamiyatning ustaviga binoan jamiyat kuzatuv kengashining vakolatiga kiritilishi mumkinligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Qoʻshma korxona ustavining 22.2-bandiga koʻra, yirik bitimni tuzish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizoli kafillik shartnomasi yirik bitimlar turiga kirishiga qaramasdan, Qoʻshma korxona rahbari oʻz vakolat doirasidan chetga chiqib, uni imzolagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida tuzilgan kafillik shartnomasi jamiyat taʼsischilarining huquq va manfaatlariga taʼsir etganligi sababli, jamiyat ishtirokchisi “Titan-MMK” MChJ ushbu kafillik shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqida sudga murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 126-moddasiga asosan, agar shaxsning bitim tuzish vakolatlari shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning taʼsis hujjatlari bilan ishonchnomada, qonunda belgilab qoʻyilganiga nisbatan yoinki bitim tuzilayotgan vaziyatdan aniq koʻrinib turgan deb hisoblanishi mumkin boʻlgan vakolatlariga nisbatan cheklab qoʻyilgan boʻlsa va bitimni tuzish paytida bunday shaxs yoki organ ana shu cheklashlar doirasidan chiqib ketgan boʻlsa, bitimdagi ikkinchi taraf mazkur cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim boʻlganligi isbotlangan hollardagina bitim cheklash belgilanishidan manfaatdor boʻlgan shaxsning daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan asoslarga koʻra, birinchi instansiya sudi moddiy va protsessual huquq normalariga asosan daʼvoni qanoatlantirish toʻgʻrisida qonuniy toʻxtamga kelgan. Apellatsiya instansiyasi sudi esa hal qiluv qarorini asosli ravishda oʻzgarishsiz qoldirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning kassatsiya shikoyatidagi birinchi instansiya sudi tomonidan ishga oydinlik kiritish uchun kafillik shartnomasini imzolagan Qoʻshma korxona rahbari guvoh sifatida chaqirilmaganligi, kafilning mol-mulki qiymati 2009-yil 25-noyabrdan oldingi davrlardagi hisobotlarda toʻgʻri aks ettirilganligiga ishonch hosil qilish uchun kafil joylashgan joydagi tuman DSIdan mutaxassis jalb qilinmaganligi, shuningdek “Titan-MMK” MChJ rahbari kafillik shartnomasi tuzilgan paytda kafilning barcha moliyaviy xoʻjalik faoliyatini nazorat qilib turganligi sababli, u kafillik shartnomasi tuzilganligidan xabardor boʻlishi mumkinligi haqida keltirgan vajlari asossizdir. Chunki, Bank tomonidan kafillik shartnomasini tuzish jarayonida kafil Qoʻshma korxona rahbarining kafillik shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilib olishi zarur edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 55-moddasiga koʻra, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Bank nizoli shartnoma qonun talabi asosida tuzilganligini isbotlab bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan sudlov hayʼati sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirib, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini Bank zimmasiga qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 13-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-1014/17965-son