19.11.2008 yildagi 10-0817/4020-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan xoʻjalik sudining apellatsiya instansiyasi sudining ajrimlari kassatsiya instansiyasida va nazorat tartibida qayta koʻrib chiqilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchtepa tuman davlat soliq inspeksiyasi xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, “Mediteks” qoʻshma korxonasini bankrot deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar xoʻjalik sudining 2006-yil 28-apreldagi hal qiluv qarori bilan ariza qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mediteks” qoʻshma korxonasining tugatish boshqaruvchisi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilib, qarzdorning kreditorlari bilan hisob-kitob qilish jarayonida yuzaga kelgan kreditorlarning talablarini qondirish navbatini belgilashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 4-iyuldagi ajrimi bilan kreditorlar bilan hisob-kitob qilish “Mediteks” qoʻshma korxonasining 2007-yil 12-martda tasdiqlangan reyestri boʻyicha amalga oshirilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 26-sentabrdagi qarori bilan ajrim bekor qilinib, yangi qaror qabul qilingan. TIF Milliy bankining 3559439,58 AQSh dollari miqdoridagi talablari ikkinchi navbatda ijro etiladigan talablar deb, AT “Turonbank”ning 50480998,75 soʻm miqdoridagi talablari esa uchinchi navbatda qanoatlantiriladigan talablar deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida qarorni bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni muhokama qilib, ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni tugatishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 59-moddasiga koʻra, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha arizalar, shikoyatlar (iltimosnomalar) va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan xoʻjalik sudining ajrimlari ustidan qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyatlar berilishi (protestlar keltirilishi) mumkin. Koʻrsatilgan ajrimlar ustidan shikoyatlar (protestlar) ular chiqarilgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida beriladi. Shikoyatlarni (protestlarni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudi chiqargan ajrim kassatsiya va nazorat tartibida qayta koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan Qonun 60-moddasining beshinchi qismida bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan xoʻjalik sudining apellatsiya instansiyasi chiqargan ajrimlar kassatsiya va nazorat tartibida qayta koʻrib chiqilmasligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 142-sonli qarorining 21-bandida xoʻjalik sudining bankrotlik toʻgʻrisidagi ish doirasida chiqargan, Xoʻjalik protsessual kodeksida nazarda tutilmagan ajrimlari ustidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda shikoyatlar berilishi (protestlar keltirilishi) mumkinligi, ushbu ajrimlar ustidan XPKda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi 136-sonli qarorining 8-bandida kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida shikoyat berilmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilganda birinchi instansiya sudining sudyasi XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etishi, agar koʻrsatilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, shikoyat (protest) boʻyicha kassatsiya instansiyasida ish yuritish Xoʻjalik protsessual kodeksi 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatilishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish yuzasidan qabul qilingan apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan berilgan. Mazkur qaror ustidan kassatsiya shikoyati berish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatishni, AT “Turonbank” tomonidan toʻlangan davlat boji va ortiqcha toʻlangan 2500 soʻm pochta xarajatlarini qaytarishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 19-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-0817/4020-son