29.10.2008 yildagi 10-0811/7917-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, “Sanoatenergo” davlat unitar korxonasini bankrot deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2008-yil 7-iyuldagi ajrimi bilan A. Xolmuratov “Sanoatenergo” davlat unitar korxonasining muvaqqat boshqaruvchisi etib tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 21-iyuldagi hal qiluv qarori bilan “Sanoatenergo” davlat unitar korxonasi bankrot deb topilgan, tugatishga doir ish yuritish ochilgan, tugatish boshqaruvchisi etib A. Xolmuratov tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 3-sentabrdagi qarori bilan apellatsiya instansiyasida ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud qarorlarini bekor qilib, arizani rad qilish haqida yangi qaror qabul qilish, kassatsiya protestida esa sud qarorini bekor qilib, ishni apellatsiya instansiyasi sudiga yangidan koʻrish uchun yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat va protest vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 156-moddasiga koʻra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berish (protesti keltirish)ga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 51-moddasining uchinchi qismiga koʻra, xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi qarorida “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 125-moddasining uchinchi qismida xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran qarzdorning boshqaruv organlari qarzdorning mol-mulkini boshqarish va tasarruf etish vazifalarini bajarishdan, agar ilgari chetlashtirilmagan boʻlsa, chetlashtirilishi, qarzdor rahbarining vakolatlari tugatilishi, qarzdorning ishlarini boshqarish tugatish boshqaruvchisiga yuklatilishi, shuningdek tugatish boshqaruvchisi qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki mazkur rahbarni boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqarishi qayd etilganligi koʻrsatilib, “Sanoatenergo” davlat unitar korxonasi sobiq rahbari V. Nabijonovning apellatsiya shikoyati berishga vakolati yoʻqligi haqida notoʻgʻri xulosaga kelingan. Apellatsiya instansiyasida ish yuritish tugatilib, xatolikka yoʻl qoʻyilgan. Chunki, sudning hal qiluv qarori bilan A. Xolmurodovning “Sanoatenergo” davlat unitar korxonasini tugatish boshqaruvchisi etib tayinlanganligi qarzdorni hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish huquqidan mahrum qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 142-sonli qarorining 22-bandida Qonunning 50-moddasiga koʻra bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xoʻjalik sudining qarorlari va ajrimlari darhol ijro etilishi, lekin bu hol sud hujjatlari qabul qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kirishini bildirmasligi, ularning ustidan XPKda nazarda tutilgan tartibda shikoyatlar berilishi (protestlar keltirilishi) mumkinligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun sud qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun apellatsiya instansiyasi sudiga yuborilishi, apellatsiya shikoyati mazkur instansiya sudida Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi talablari asosida mazmunan koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 29-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-0811/7917-son