17.08.2009 yildagi 22-0902/2051-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Mulkdor oʻz mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga haqli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Xorazm viloyat kengashi xoʻjalik sudiga davo arizasi bilan murojaat etib, “Invest-Mir-Servis” MChJga nisbatan noqonuniy egallab turgan xonadan majburiy tartibda chiqarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Invest-Mir-Servis” MChJning kassatsiya shikoyatida daʼvoni rad etish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Oʻzbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi bilan “Invest-Mir-Servis” MChJ oʻrtasida 2006-yil 28-dekabrda 5-sonli bino, inshoot, boshqa koʻchmas mulk obyekti ijarasi shartnomasi tuzilgan. Ushbu ijara shartnomasiga asosan Oʻzbekiston XDP Xorazm viloyat kengashiga qarashli boʻlgan binoning 2-qavatidagi 206-xona “Invest-Mir-Servis” MChJga berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara shartnomasining 5.1-bandiga asosan ijara muddati 2006-yilning 1-dekabridan 2008-yilning 31-dekabrigacha belgilangan. Oʻzbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi taraflar oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomasining muddati tugaganligi sababli 2009-yilning 9-yanvarida 1/4-sonli xat bilan murojaat qilib, jamiyat egallab turgan 206-xonani 3 kun ichida, yaʼni 2009-yilning 12-yanvarga qadar boʻshatib berishni soʻragan. Javobgar tomonidan hech qanday fikr bildirilmagan va xonani boʻshatish chorasi koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi tomonidan birinchi instansiya sudi sud majlisida mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma bilan mulkning oʻziga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 55-moddasiga koʻra, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 228-moddasiga koʻra, mulkdor oʻz mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, birinchi instansiya sudi javobgar — “Invest-Mir-Servis” MChJni u tomonidan egallab turilgan xonadan majburiy tartibda chiqarish haqidagi daʼvoni qanoatlantirib, toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, sudlov hayʼati sud qarorlarini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirib, ishni kassatsiya tartibida koʻrish bilan bogʻliq davlat bojini “Invest-Mir-Servis” MChJ zimmasiga yuklashni, pochta xarajatlari esa oldindan toʻlanganligini inobatga olishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 17-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-0902/2051-son