06.12.2010 yildagi 21-0905/01-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudi ishdagi mavjud dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolis tekshirishga asoslangan oʻz ichki ishonchi boʻyicha baholaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar — “Buxoro neft va gaz” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda MChJ) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”dan 58140000 soʻm asosiy qarz, 1744200 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish jarayonida daʼvogar daʼvo talabi miqdorini oʻzgartirib, javobgardan 58140000 soʻm asosiy qarz, 9496200 soʻm bank foizi undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2009-yil 9-fevraldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, daʼvogar foydasiga “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”dan 25368400 soʻm asosiy qarz, 761052 soʻm penya undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ 2010-yil 29-martda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2010-yil 27-maydagi hal qiluv qarori bilan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”dan MChJ foydasiga 15352500 soʻm asosiy qarz undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2010-yil 9-avgustdagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2010-yil 30-sentabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”dan daʼvogar — MChJ foydasiga 10654728 soʻm bank foizi undirilgan. Daʼvoning 17420000 soʻmni undirish qismi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni muhokama qilib, ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad qilish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” hamda “Buxoro neft va gaz” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida 2006-yil 23-avgustda 238-sonli, 2006-yil 1-dekabrda 0112-sonli shartnomalar tuzilgan. 2007-yil 31-mayda 0112-sonli shartnomaga qoʻshimchalar kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlariga koʻra, “mahsulot yetkazib beruvchi” — “Buxoro neft va gaz” masʼuliyati cheklangan jamiyati “xaridor” — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”ga qarashli Shimoliy kon boshqarmasiga shartnomada nazarda tutilgan miqdorda, muddatda, sifatda va hajmdagi GOST talablariga javob beradigan ishlatilgan temir quvurlarni yetkazib berishni, xaridor esa shartnoma qiymatining 15 foizini oldindan toʻlab, mahsulotni toʻliq qabul qilib olgandan soʻng, hisob-kitobni amalga oshirish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar daʼvo arizasida javobgarga 2007-yilda 74732460 soʻmlik temir quvurlar yetkazib berganligi, shundan 16591500 soʻmlik temir quvurlar qaytarib olinganligini qayd etib, qolgan 58140960 soʻmlik temir quvurlarning haqini undirib berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 61-moddasiga koʻra, xoʻjalik sudi ishdagi mavjud dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolis tekshirishga asoslangan oʻz ichki ishonchi boʻyicha baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, sud instansiyalari tomonidan ishdagi mavjud dalillar har tomonlama oʻrganilmagan va ularga huquqiy baho berilmasdan, daʼvoni qisman qanoatlantirish toʻgʻrisida barvaqt xulosaga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 14-iyulda Navoiy viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan “Buxoro neft va gaz” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” oʻrtasida tuzilgan shartnomalar yuzasidan hujjatli taftish oʻtkazilgan boʻlib, taftish natijasi boʻyicha tuzilgan dalolatnomada taraflar oʻrtasida ishlatilgan temir quvurlar yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi oʻz tasdigʻini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, daʼvogar javobgardan oʻzganing pul mablagʻidan gʻayriqonuniy foydalanganligi uchun 17178402 soʻm bank foizi undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi mazkur daʼvo talabini qisman — 10654728 soʻmga qanoatlantirish toʻgʻrisida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga koʻra, boshqa shaxslarning pul mablagʻlarini gʻayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni toʻlashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamgʻarish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablagʻlar summasiga foiz toʻlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxoro neft va gaz” masʼuliyati cheklangan jamiyati hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar daʼvo miqdorini oʻzgartirib, javobgardan qoʻshimcha ravishda 40900960 soʻm asosiy qarzni toʻlab bermaganligi uchun 17178402 soʻm bank foizi undirib berishni soʻragan. Biroq, ushbu asosiy qarzning mavjud ekanligini va uning toʻlovi haqiqatan ham 2007 — 2009-yillar uchun kechiktirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinmagan. Shuningdek, sud tomonidan ham ushbu hujjatlar talab qilib olinmagan va hal qiluv qarorida haqiqatan ham 40900960 soʻm asosiy qarz mavjudligi asoslantirib berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, ish hujjatlarida 2006-yil 1-dekabrda tuzilgan 0112-sonli shartnoma boʻyicha toʻlovlar 2007-yilning 9 va 20-sentabrlarida amalga oshirilganligini tasdiqlovchi dalillar mavjudligi sudning eʼtiboridan chetda qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, daʼvogar javobgar tomonidan uning pul mablagʻlari gʻayriqonuniy ravishda ushlab qolinganligi yoxud ularni qaytarishdan bosh tortilganligini hujjatlar asosida isbotlab bera olmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 55-moddasiga muvofiq, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda sudlov hayʼati hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad etish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni, sud xarajatlarini daʼvogar zimmasiga yuklashni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 6-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-0905/01-son