02.06.2010 yildagi 10-0902/14668-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni kassatsiya instansiyasida koʻrgan xoʻjalik sudining qarorida bayon qilingan koʻrsatmalari shu ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar — “GAUDI STROY” MChJ xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Toshkent shahar hokimining 2009-yil 29-avgustdagi 447-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2009-yil 10-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2010-yil 13-yanvardagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2010-yil 28-yanvardagi ajrimi bilan “Toʻqimachimash Kommunalchi” va “Usmon Nosir” xususiy uy-joy mulkdorlar shirkati ishga mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2010-yil 26-martdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protestida hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborish masalasi qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati protest vajlarini muhokama qilib, ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra kassatsiya protestini qanoatlantirishni, hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Toshkent shahar hokimining 2008-yil 14-apreldagi 208-sonli qarori bilan “GAUDI STROY” MChJga Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Muqimiy 1-tor koʻchasi hududidan ofis markazi qurish uchun 0,01 gektar yer maydoni ijaraga berilgan. Mazkur qarorda yer maydoni tegishli xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati hududidan qisman olinishi hisobiga ajratilishi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakkasaroy tuman prokuraturasining 2009-yil 18-avgustdagi 10/15-09-sonli protestiga asosan Toshkent shahar hokimining 2009-yil 29-avgustdagi 447-sonli qarori bilan 2008-yil 14-apreldagi 208-sonli qaror oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GAUDI STROY” MChJ shahar hokimining ushbu qaroridan norozi boʻlib, uni haqiqiy emas deb topish haqidagi daʼvo arizasi bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 138-moddasining beshinchi qismiga koʻra, hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning xoʻjalik sudi tomonidan aniqlangan holatlari, xoʻjalik sudining bu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalariga asos boʻlgan dalillar va xoʻjalik sudi u yoki bu dalillarni rad qilishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonun hujjatlarini qoʻllamasligiga sabab boʻlgan vaj, shuningdek sud hal qiluv qarorini qabul qilishda tayangan qonun hujjatlari koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining 2009-yil 29-avgustdagi 447-sonli qarori bilan Yakkasaroy tuman prokuraturasining protestiga asosan shahar hokimining 2008-yil 14-apreldagi 208-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan. Biroq, birinchi instansiya sudi tomonidan protestda qayd etilgan “Toʻqimachimash Kommunalchi” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining qarori “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga zid ravishda chiqarilganligi haqidagi holat tekshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarga yer maydoni ajratish va uni olib qoʻyish haqida qaror qabul qilishda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan qabul qilinadigan qaror qanday ahamiyatga ega ekanligi, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan qabul qilinadigan qaror daʼvogarga yer ajratish uchun asos boʻlishi mumkin yoki mumkin emasligi sud tomonidan oʻrganilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, daʼvogarga aynan qaysi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati hududidan yer ajratilganligi, ushbu yer maydoni dastlab xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga qanday asoslarga koʻra tegishli ekanligi holatlari ham aniqlashtirilmagan. Ish hujjatlarida yer maydoni aynan kimga tegishli ekanligini tasdiqlovchi kadastr hujjatlari mavjud emas. Kassatsiya instansiyasi sudining ushbu koʻrsatmasi bajarilishi yuzasidan sud tomonidan Toshkent shahar Yer resurslari davlat kadastri boshqarmasini ishga jalb qilish masalasi hal etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorida ofis qurilishi uchun ajratilgan yer maydoni yonida joylashgan Yakkasaroy tumani, Muqimiy 1-tor koʻchasi hududidagi 25-sonli toʻrt qavatli uyda yashovchilarning 50 foizidan koʻprogʻi ofis qurilishiga rozi ekanliklarini bildirishgani haqidagi roʻyxat sudga taqdim etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, ushbu roʻyxat mazkur nizoni hal etishda qanday ahamiyatga ega ekanligi hal qiluv qarorida asoslantirilmagan va ushbu roʻyxatda u tuzilgan sana koʻrsatilmaganligiga huquqiy baho berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 190-moddasining birinchi qismiga muvofiq ishni kassatsiya instansiyasida koʻrgan xoʻjalik sudining qarorida bayon qilingan koʻrsatmalari shu ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan kassatsiya instansiyasi sudining koʻrsatmalari bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 188-moddasining birinchi qismiga koʻra, moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday vaziyatda sudlov hayʼati hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrib chiqishda birinchi instansiya sudi ishdagi toʻplangan dalillarga huquqiy baho berib, Toshkent shahar Yer resurslari davlat kadastri boshqarmasini ishga jalb qilish masalasini hal etib, taraflarning vajlariga huquqiy baho berib, sud xarajatlarini undirish masalasini hal etib, qonuniy va asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-0902/14668-son