07.04.2009 yildagi 10-0813/15001-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrishda sud ishi yuritiladigan til toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan boʻlsa, mazkur holat hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirobod tuman davlat soliq inspeksiyasi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, yakka tartibdagi tadbirkor J.Shaxgeldyanga nisbatan 6003750 soʻm moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 1-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 15-dekabrdagi sud ajrimi bilan yozuvdagi xato tuzatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protestida hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborish, kassatsiya shikoyatida esa hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni toʻliq qanoatlantirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati protest va shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sudning hal qiluv qarorini va ajrimini bekor qilishni hamda ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan qoʻzgʻatilgan 15/0-7086-son jinoyat ishi yuzasidan “Hujjatli taftish tayinlash haqida” 2008-yil 25-iyundagi qaroriga va 2008-yil 30-iyundagi 679-son buyrugʻiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor J.Shaxgeldyanning moliyaviy faoliyati yuzasidan tekshirish oʻtkazilgan. Tekshirish dalolatnomasida yakka tartibdagi tadbirkor J.Shaxgeldyanga tegishli doʻkon sotuvchi-kassiri G.Kaliganova xaridorga 7000 soʻmga mahsulot sotib, unga nazorat-kassa mashinasi cheki bermaganligi, 33200 soʻmlik naqd pullarni nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kiritmaganligi hamda kirim hujjati mavjud boʻlmagan 5377800 soʻmlik tovar-moddiy boyliklarni savdoga qoʻyganligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, daʼvogar javobgarga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 114-moddasiga binoan yashirilgan tushum qiymatiga teng miqdorda moliyaviy jarima qoʻllashni hamda nazorat-kassa mashinasi ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik uchun Soliq kodeksining 119-moddasiga muvofiq eng kam ish haqining 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudining 2008-yil 2-sentabrdagi ajrimi bilan fuqaro G.Kaliganova tomonidan “Zinger” savdo markali qaychini xaridorga 7000 soʻmga sotib, nazorat-kassa mashinasi cheki urib bermaganligi va jami summasi 5377800 soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar savdoga chiqarilganligi tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 60-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra jinoyat ishi boʻyicha umumiy sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari boʻyicha xoʻjalik sudi uchun majburiy boʻlsa-da, birinchi instansiya sudi qayd etilgan holatlarga eʼtibor bermagan va natijada daʼvoni rad etish haqida barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, birinchi instansiya sudi majlisida yakka tartibdagi tadbirkor J.Shaxgeldyan ishtirok etgan boʻlib, u oʻzbek tilini bilmasa-da, sud majlisi oʻzbek tilida olib borilgan va hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 10-moddasida xoʻjalik sudida sud ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib borilishi, sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sud ishtirokchilarining tarjimon yordamida ishga taalluqli materiallar bilan toʻla tanishish va sud ishlarida ishtirok etish hamda oʻz ona tilida soʻzlash huquqi taʼminlanishi bayon etilgan. Biroq birinchi instansiya sudi majlisida ushbu qonun talablariga rioya qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kelish uchun berilgan guvohnomaning amal qilish muddati ham sud tomonidan oʻrganilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 11-moddasiga koʻra xoʻjalik sudi ishni koʻrishda ish boʻyicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori ish uchun ahamiyatli barcha holatlar bayon etilgan va taraflarning huquq va majburiyatlari haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlsagina asoslantirilgan hisoblanadi. Hal qiluv qarori ish holatlari haqidagi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emas. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sudning hal qiluv qarori haqida” 2007-yil 15-iyundagi 161-son qarorining 3-bandida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra sudlov hayʼati hal qiluv qarorini bekor qilishni hamda ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori bekor qilinishi munosabati bilan yozuvdagi xatoni tuzatish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ham bekor boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda birinchi instansiya sudi J.Shaxgeldyanning yakka tartibdagi tadbirkor maqomini aniqlab, sud majlisida tarjimon ishtirokini taʼminlab, ishdagi dalillarga huquqiy baho berib, sud xarajatlarini undirish masalasini hal etib, toʻplangan dalillar yigʻindisi asosida qonuniy va asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-0813/15001-son