06.09.2010 yildagi 1521/17-1989-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan ish uchun muhim holatlar asos boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Komgul” kichik korxonasi (hozirgi kunda — “Komgul” MChJ) Toshkent viloyat xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “1-Charx komolon” mahalla qoʻmitasi (hozirgi kunda — “1-Charx komolon” mahalla fuqarolar yigʻini)ni ortiqcha egallab turgan joydan chiqarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, “1-Charx komolon” mahalla qoʻmitasi “Komgul” kichik korxonasi va Toshkent shahar davlat mulki qoʻmitasi boshqarmasi va xususiylashtirish qoʻmitasi (hozirgi kunda — Davlat mulki qoʻmitasi Toshkent shahar boshqarmasi)ga nisbatan murojaat qilib, “Komgul” kichik korxonasiga berilgan mulkchilik huquqini tasdiqlovchi 1994-yil 24-dekabrdagi 1835-sonli orderni bekor qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 1996-yil 4-sentabrdagi qarori bilan Toshkent viloyat xoʻjalik sudining 1995-yil 21-sentabrdagi hal qiluv qarori va 1995-yil 24-noyabrdagi qarori bekor qilinib, yangi qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1-Charx komolon” mahalla qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 204 — 207-moddalariga asosan kassatsiya instansiyasi sudining 1996-yil 4-sentabrdagi qarorini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi ariza bilan murojaat qilib, hozirgi kunda “Komgul” kichik korxonasining 2007-yil 5-fevraldagi 3-69/2007-son bilan roʻyxatdan oʻtgan bino inshootlarining kadastr hujjatida bitta bino, ikkita binoning bir qismi va bitta shiypon Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilganligi hamda ushbu bino-inshootlarning noqonuniy ravishda qurilganligini bayon qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizada keltirilgan vajlarni muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra arizani qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 204-moddasi ikkinchi qismining 1-bandiga koʻra, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan ish uchun muhim holatlar asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi haqida”gi 111-sonli qarorining 4-bandiga asosan yangi ochilgan holatlar deganda, ochilgan faktik holatlar aslida mavjud boʻlib, biroq sudning ishni koʻrish vaqtida hisobga olishi mumkin boʻlmagan, arizachiga va sudga nomaʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, sud hujjatlari qabul qilingandan keyingina maʼlum boʻlgan holatlarni tushunish lozim. Agar faktik holatlar sud hujjati qabul qilingandan soʻng vujudga kelgan boʻlsa, bu holat sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun asos boʻla olmaydi, chunki bu XPK 204-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi mazmuniga zid boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1-Charx komolon” mahalla qoʻmitasining keltirayotgan holati sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binobarin, sudlov hayʼati sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 6-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1521/17-1989-son