21.04.2009 yildagi 18-0806/16362-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mehnat huquq inspektorlari yuridik shaxslarga nisbatan jarima qoʻllash vakolatiga ega emaslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik taʼminlash va butlash” unitar shuʼba korxonasi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, Qarshi shahar bandlikka koʻmaklashuvchi markazining 2008-yil 22-maydagi “Texnik taʼminlash va butlash” unitar shuʼba korxonasiga nisbatan 42195048 soʻm moliyaviy jarima qoʻllash haqidagi 01-son qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 20-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2009-yil 18-fevraldagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, daʼvo rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protestida apellatsiya instansiyasi sudi qarorini qisman bekor qilib, ish yuritishni tugatish, kassatsiya shikoyatida esa apellatsiya instansiyasi sudi qarorini bekor qilib, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati protest va shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorini bekor qilib, hal qiluv qarorini kuchda qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Qarshi shahar hokimining 2007-yil 24-sentabrdagi “2008-yil uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash toʻgʻrisida”gi 577/9-son qarori bilan “Texnik taʼminlash va butlash” unitar shuʼba korxonasi tomonidan tashkil etilishi lozim boʻlgan ish joylarining eng kam miqdori belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qaror ijrosining “Texnik taʼminlash va butlash” unitar shuʼba korxonasi tomonidan bajarilishi Qarshi shahar bandlikka koʻmaklashuvchi markazining davlat mehnat huquq inspektori tomonidan 2008-yil 22-may kuni oʻrganilib, korxona tomonidan 2008-yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun yaratilishi lozim boʻlgan 7 ta ish joyi yaratilmaganligi va bu borada amalga oshirilgan ishlar haqida Qarshi shahar bandlikka koʻmaklashuvchi markaziga axborot taqdim etilmaganligi holatlari aniqlangan va shu haqda dalolatnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi shahar bandlikka koʻmaklashuvchi markazining davlat mehnat huquq inspektori tomonidan 2008-yil 22-mayda 01-son qaror qabul qilinib, “Texnik taʼminlash va butlash” unitar shuʼba korxonasiga nisbatan har bir barpo etilmagan ish oʻrni, jami 7 nafar xodimning oʻrtacha bir yillik ish haqi miqdorida 42195048 soʻm jarima solingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aynan shu qarorni haqiqiy emas deb topishni soʻrab daʼvogar sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qarori bilan tasdiqlagan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 2-bandida ushbu Nizom aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga jarima solish tartibini belgilashi, 5-bandida esa aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda jarimalar solish vakolatiga davlat mehnat huquq inspektorlari ega ekanligi qayd etilgan. Ammo, ularning yuridik shaxslarga nisbatan jarima qoʻllash vakolatiga ega ekanligi belgilanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Markaz tomonidan qarorni qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 255-moddasiga asoslanilgan boʻlsa-da, jarima yuridik shaxsga nisbatan qoʻllanilgan. Vaholanki, ushbu Kodeksda yuridik shaxslarning javobgarligi nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 29-iyuldagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining davlat mehnat huquq inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi nizom III boʻlimining 6-bandida Davlat mehnat huquq inspektorlari mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarning buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarga amaldagi qonunlarda belgilangan miqdorda jarima solish huquqiga ega ekanligi bayon etilgan boʻlib, ularga yuridik shaxsga nisbatan jarima solish vakolati belgilanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo apellatsiya instansiyasi sudi qayd etilgan holatlarga huquqiy baho bermasdan, hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni asossiz rad etgan. Shu sababli, sudlov hayʼati sud qarorini bekor qilib, hal qiluv qarorini kuchda qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 21-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-0806/16362-son