25.02.2009 yildagi 19-0809/7295-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizo xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmasa, ish yuritish tugatiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyat prokuraturasi “Boysun ulgurji chakana matlubot savdo” MChJ manfaatida javobgarlar — Boysun tuman ulgurji chakana matlubot savdo hissadorlik jamiyati, Surxondaryo viloyat matlubot savdo kooperativ ishlab chiqarish birlashmasi va Boysun tuman hokimligiga nisbatan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Boysun tuman ulgurji chakana matlubot savdo hissadorlik jamiyati kuzatuv kengashining 2003-yil 28-oktabrdagi yigʻilish qarorini hamda Boysun tuman hokimining 2003-yil 5-dekabrdagi 843-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud qarorlarini bekor qilib, ish yuritishni tugatish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ish hujjatlarini hamda kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni oʻrganib chiqib, quyidagi asoslarga koʻra sud qarorlarini bekor qilib, nizo boʻyicha ish yuritishni tugatishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, Boysun tuman ulgurji chakana matlubot savdo hissadorlik jamiyati kuzatuv kengashining 2003-yil 28-oktabrdagi yigʻilishida birlashma omborxonasini 5100000 soʻmga “Ikrom Jamol” xususiy firmasiga sotishga qaror qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorga asosan Boysun tuman hokimi tomonidan 2003-yil 5-dekabrdagi 843-sonli qaror qabul qilingan. Unga koʻra “Ikrom Jamol” xususiy firmasiga omborxonani buzib, 4081 kv.m. yer maydoniga yoqilgʻi quyish shoxobchasi va texnik xizmat koʻrsatish shoxobchalari qurilishiga ruxsat berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar kuzatuv kengashi va tuman hokimi qarori noqonuniyligini bildirib, ularni haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan ish holatlari yetarli darajada oʻrganilmagan va daʼvoni qanoatlantirish toʻgʻrisida notoʻgʻri xulosaga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 23-moddasining birinchi qismida xoʻjalik sudiga iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar oʻrtasidagi fuqaroviy, maʼmuriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar taalluqli ekanligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, nizoli omborxona Respublika koʻchmas mulk birjasi Surxondaryo viloyat filiali orqali 2008-yil 5-maydagi shartnomaga asosan “Boysun hamkor” xususiy firmasi tomonidan 26000000 soʻmga fuqaro I.Razzoqovga sotilgan. Mazkur holatda ushbu nizoda fuqaro I. Razzoqovning huquq va manfaatlari mavjudligi sud instansiyalarining eʼtiboridan chetda qolgan. Bu esa mazkur nizo xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli emas, degan xulosani beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 86-moddasining 1-bandiga koʻra, nizo xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmasa, ish yuritish tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, kassatsiya sudlov hayʼati sud qarorlarini bekor qilishni, nizo yuzasidan ish yuritishni tugatishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-0809/7295-son