28.06.2011 yildagi 23-1103/4437(31)-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik yoki fiskal xotirasining xizmat koʻrsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik, shuningdek plastik kartochkalar asosida toʻlovlarni qabul qilishni rad etganlik eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kegeyli tuman davlat soliq inspeksiyasi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, “ALPAMIS” xususiy savdo korxonasiga 4521500 soʻm moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni rad etish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi Kegeyli tuman hududiy komissiyasining 2010-yil 16-sentabrdagi 13-son ruxsatnomasi, Kegeyli tuman davlat soliq inspeksiyasining 2010-yil 20-sentabrdagi 90-xs-son buyrugʻiga asosan “ALPAMIS” xususiy savdo korxonasiga qarashli savdo doʻkonida qisqa muddatli tekshirish oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishda “ALPAMIS” xususiy savdo korxonasiga qarashli savdo doʻkoni sotuvchisi xaridor bilan naqd pulsiz (plastik kartochka orqali) hisob-kitob qilishdan bosh tortganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijalari yuzasidan hisoblangan moliyaviy sanksiyani ixtiyoriy toʻlash haqida Kegeyli tuman davlat soliq inspeksiyasining 2010-yil 5-oktabrdagi qarori korxona tomonidan bajarilmagach, daʼvogar javobgarga Soliq kodeksi 119-moddasining uchinchi qismiga asosan moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvoni qanoatlantirish haqida asosli xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 119-moddasining uchinchi qismiga binoan texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik yoki fiskal xotirasining xizmat koʻrsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik, shuningdek plastik kartochkalar asosida toʻlovlarni qabul qilishni rad etganlik eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ALPAMIS” xususiy savdo korxonasiga qarashli savdo doʻkoni sotuvchisi xaridor bilan naqd pulsiz (plastik kartochka orqali) hisob-kitob qilishdan bosh tortganligi, yaʼni plastik kartochkalar asosida toʻlovlarni qabul qilishni rad etganligi ishdagi dalillar bilan isbotlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi ushbu holatlarga huquqiy baho berib, asosli ravishda hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 28-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-1103/4437(31)-son