16.12.2008 yildagi 10-0812/10671-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasida shartnomaviy-huquqiy munosabatlarning mavjud emasligi daʼvoning rad etilishiga sabab boʻlgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aoks Plus Business” masʼuliyati cheklangan jamiyati xoʻjalik sudiga murojaat etib, AT “Paxtabank”dan 6572150 soʻm jarima, 131443 soʻm davlat boji, 5000 soʻm pochta xarajatlari, jami 6708593 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad etish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, “Aoks Plus Business” masʼuliyati cheklangan jamiyati 370693072,38 soʻm debitorlik qarzini undirish maqsadida qarzdor — “Agrar texnologiyalari” MChJ qoʻshma korxonasining AT “Paxtabank”dagi hisob raqamiga taqqoslash dalolatnomasi asosida 2008-yil 29-mayda 1-son toʻlov talabnomasini yuborgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agrar texnologiyalari” MChJ qoʻshma korxonasining bankdagi hisob raqamiga 2008-yil 3-iyulda kelib tushgan 18,0 mln. soʻm pul mablagʻlari qoʻshma korxona AT “Paxtabank” bilan tuzgan kredit shartnomasiga asosan uning kredit qarzlarini qoplash uchun yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aoks Plus Business” masʼuliyati cheklangan jamiyati va AT “Paxtabank” oʻrtasida umuman shartnomaviy-huquqiy munosabat yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga qaramasdan, “Aoks Plus Business” masʼuliyati cheklangan jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 30-iyunda 1044-son bilan roʻyxatga olingan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2001-yil 23-iyundagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan “Hisobvaraqlar ochish, mijozlar hisobvaraqlariga mablagʻ oʻtkazish va hisobdan chiqarish, ish haqi va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul berish tartibi boʻyicha belgilangan talablarni buzganlik uchun tijorat banklariga nisbatan jarima jazo choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 6-bandiga asosan javobgardan bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizi — 6572150 soʻm jarima undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, mazkur Nizom qoidalari faqat bank va uning mijozi oʻrtasidagi munosabatlarga taalluqlidir. “Aoks Plus Business” masʼuliyati cheklangan jamiyati esa AT “Paxtabank”ning mijozi emas. Shu sababli, ushbu Nizom talablarini bu holatga tatbiq etib boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ishni koʻrishda bunga ahamiyat bermasdan, daʼvoni qanoatlantirish toʻgʻrisida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 16-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-0812/10671-son