01.11.2010 yildagi 21-1003/907-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk joʻnatuvchi yukni taqdim etmaganligi yoki berilgan transport vositalaridan boshqa sabablarga koʻra foydalanmaganligi uchun transport ustavlari va kodekslari, shuningdek taraflarning kelishuvlari bilan belgilangan tarzda javobgar boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar — Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeli daʼvo arizasi bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilib, javobgar — “Qizilqumsement” ochiq aksiyadorlik jamiyatidan 66435195 soʻm jarima undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudining 2010-yil 23-fevraldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2010-yil 17-maydagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2010-yil 2-iyuldagi qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2010-yil 29-avgustdagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan, sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasida javobgar 2009-yilning oktyabr oyida 77350 tonna yuk tashish rejasini olib, vagonlarga buyurtma berganligini, ammo ushbu rejani bajarmasdan 57607 tonna yuk vagonlarga ortilib, 19743 tonna yuk ortilmaganligi sababli daʼvogar ortilmagan yuk miqdoridan kelib chiqib, javobgardan 66435195 soʻm jarima undirib berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, 2007-yil 28-fevralda taraflar oʻrtasida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATYKga qarashli “Binokor” stansiyasidagi temir yoʻl tarmogʻidan foydalanish haqida 1266-sonli shartnoma imzolangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATYK va “Turon qurilish materiallari” shuʼba korxonasi oʻrtasida tuzilgan yuk tashish rejasiga koʻra javobgar 2009-yilning oktyabr oyida jami 238940 tonna miqdordagi yuk tashish rejasini olgan. Ushbu rejaga asosan 2009-yil oktyabr oyining birinchi oʻn kunligida 1190 ta vagonda 77350 tonna yuk tashish koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil oktyabr oyi uchun yuk tashish rejasining bajarilishi yuzasidan tuzilgan hisob (uchetnaya) kartochkasidan koʻrinishicha, har kuniga 7735 tonna, jami esa 10 kunga 77350 tonna tashilishi rejalashtirilgan boʻlsa-da, jami yuklangan yuk miqdori 57607 tonnani tashkil qilgan. Hisob kartochkada vagonlarga ortilmaganligining sababi yukning mavjud emasligi deb koʻrsatilgan, mazkur holat har ikkala tarafning imzolari bilan tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar bayon qilingan holatlardan kelib chiqib 19743 tonna yuk tashilmaganligi sababli har bir tonna yuklanmagan yuk uchun eng kam ish haqining 0,1 foizi miqdorida (19743 X 3365) 66435195 soʻm jarima hisoblagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garchi yuk tashish rejasi “Turon qurilish materiallari” shuʼba korxonasi tomonidan berilgan boʻlsa-da, yuk tashish rejasida yuk joʻnatuvchi sifatida “Qizilqumsement” OAJ qayd etilgan. “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi raisining 2010-yil 24-maydagi EA-01/03-1074-sonli xatiga qaraganda, kompaniya tizimiga kiruvchi barcha korxonalar nomidan temir yoʻl transporti boʻyicha ishlarni tashkillashtirish “Turon qurilish materiallari” shuʼba korxonasi zimmasiga yuklatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 719-moddasida tashuvchi yuk tashish uchun transport vositalarini qabul qilingan talabnoma (buyurtma)ga yoki boshqa tashish shartnomasiga muvofiq bermaganligi uchun, joʻnatuvchi esa yukni taqdim etmaganligi yoki berilgan transport vositalaridan boshqa sabablarga koʻra foydalanmaganligi uchun transport ustavlari va kodekslari, shuningdek taraflarning kelishuvlari bilan belgilangan tarzda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 59-moddasiga muvofiq, ishning holatlari qonun hujjatlariga muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak boʻlsa, boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, sudlov hayʼati sud qarorlarini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirishni, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq toʻlangan 332175 soʻm davlat boji va 5000 soʻm pochta xarajatlarini inobatga olishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 1-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-1003/907-son