22.04.2015 yildagi 18-1406/13816-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov narsasi boʻlgan mulkni garovga oluvchining egaligiga topshirish imkoniyatini koʻzda tutuvchi har qanday kelishuvlar oʻz-oʻzidan haqiqiy emas deb hisoblanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar, shuningdek garov bilan taʼminlangan majburiyatning voz kechish haqi yoki yangilanishi sifatida malakalanishi mumkin boʻlgan kelishuvlar bundan mustasno
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi (bundan buyon matnda — Palata) “Turon Bank” ATB (“Turon Bank” ATB Qarshi filiali) (bundan buyon matnda — daʼvogar) manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “MIRISHKOR TURON AGROTEXSERVIS” MChJ MTP (bundan buyon matnda — javobgar) va “Usmon Yusupov” MTP DAJ (bundan buyon matnda — qoʻshimcha javobgar) dan 861 320 699, 43 soʻm kredit qarzi, 115 271 644, 08 soʻm kredit foizi, 4 5 00 soʻm pochta xarajati jami 976 596 843, 51 sum undirishni, undiruvni garovdagi mol-mulkga qaratishni hamda ushbu mulklarning boshlangʻich bahosini belgilashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 2-iyundagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan. Javobgar va qoʻshimcha javobgardan daʼvogar foydasiga 820 000 000 soʻm kredit qarzi, 115 271 644, 08 soʻm kredit foizi undirilgan, undiruv garovdagi mol-mulkga qaratilgan va uning boshlangʻich bahosi belgilangan. Daʼvoning qolgan qismi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2014-yil 4-noyabrdagi ajrimi bilan taraflar oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimi tasdiqlangan va xoʻjalik ishi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiya sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat prokuraturasi kassatsiya tartibida protest keltirib, unda kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimning xulosa qismida kelishuv bitimi shartlari bayon qilinmaganligi, kelishuv bitimini tuzishga daʼvogar filiali boshqaruvchisiga yuqori bank boshqaruvchisi tomonidan ishonchnoma berilgan yoki yuqligini aniqlanmaganligi, kelishuv bitimini tuzgan bank boshqaruvchisini kelishuv bitimiga familiyasi, ismi, sharifi koʻrsatilmagan boʻlsada, kelishuv bitimini tasdiqlab ish yuritishdan tugatish haqida ajrim chiqarilganligi bayon qilinib, ajrimni bekor qilish va ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud ajrimini bekor qilib, yangi qaror bilan kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi arizani qanoatlantirishni rad etishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, daʼvogar va javobgar oʻrtasida 2012-yil 7-dekabrda 206-sonli kredit shartnomasi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlariga koʻra, daʼvogar javobgarga yillik 12 foiz ustama toʻlash sharti bilan 2012-yil 7-dekabrdan 2016-yil 7-dekabr kuniga qadar 1.114. 000.000 soʻm kredit berish, javobgar esa olingan kredit mablagʻi va unga hisoblangan foizlarni shartnomada belgilangan muddat va miqdorlarda qaytarish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit taʼminoti sifatida 2013-yil 9-yanvar kuni tuzilgan ipoteka shartnomasiga asosan javobgarga tegishli boʻlgan 4 ta “MX – 255” rusumli traktor, 1 ta “Damas” avtotransport vositasi hamda “Tovuqxona va molxona” va “Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchasi” binolari garovga quyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar shartnoma shartlarini buzib, kredit asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarni toʻlamaganligi natijasida mazkur nizo kelib chiqqan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 2-iyundagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan. Javobgar va qoʻshimcha javobgardan daʼvogar foydasiga 820 000 000 soʻm kredit qarzi, 115 271 644, 08 soʻm kredit foizi undirilgan, undiruv garovdagi mol-mulkga qaratilgan va uning boshlangʻich bahosi belgilangan. Daʼvoning qolgan qismi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar filiali sudga ariza bilan murojaat qilib, daʼvogar filiali va javobgar oʻrtasida 2014-yil 28-oktabrda tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlab berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi shartlariga koʻra, 2013-yil 9-yanvar kuni tuzilgan ipoteka shartnomasiga asosan garovga quyilgan 2008-yilda ishlab chiqarilgan, zavod raqami — 07694, dvigatel raqami — 46957032, davlat raqam belgisi — 69 — 85 ETS boʻlgan MX — 255 rusumli xaydov traktorini bankka topshirish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov narsasi boʻlgan mulkni garovga oluvchining egaligiga topshirish imkoniyatini koʻzda tutuvchi har qanday kelishuvlar oʻz-oʻzidan haqiqiy emas deb hisoblanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar, shuningdek garov bilan taʼminlangan majburiyatning voz kechish haqi yoki yangilanishi sifatida malakalanishi mumkin boʻlgan kelishuvlar bundan mustasno. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-sonli qarori 21-bandining ikkinchi xatboshisida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 40-moddasining birinchi qismiga muvofiq ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan, ushbu Qonunga muvofiq sudning qaroriga binoan undiruv qaratilgan mol-mulk kimoshdi savdosida sotish orqali realizatsiya qilinadi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 281-moddasi va “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga binoan faqat takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilinganida garovga oluvchi garov (ipoteka) narsasini oʻzida olib qolishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi 204-son qarori 13-bandida sud kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilayotganida taraflar taqdim etgan kelishuv bitimi qonun hujjatlariga xilof emasligini va u boshqa biror-bir shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini, agar kelishuv bitimi koʻchar yoki koʻchmas mulkni berish toʻgʻrisidagi shartni oʻz ichiga olsa, sud ushbu mulkka uchinchi shaxslarning huquqlari bor-yoʻqligini (xatlab qoʻyilganligini, garovga qoʻyilganligini va h.k.) tekshirishi lozimligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, birinchi instansiya sudi moddiy va protsessual huquq normalarini notoʻgʻri qoʻllab, garov predmeti boʻlgan mol-mulk yuzasidan tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 188-moddasining birinchi qismiga koʻra moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sudlov hayʼati, sud ajrimini bekor qilib, yangi qaror bilan “Turon Bank” ATB Qarshi filialining 2014-yil 29-oktabrdagi kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi 03/01-774-sonli arizasini qanoatlantirishni rad etishni, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq 30 000 soʻm sud harajati hamda 7 000 soʻm pochta xarajatini daʼvogar zimmasiga yuklashni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 22-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-1406/13816-son