08.11.2010 yildagi 14-1002/9952(1)-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganda yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar bekor boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Payariq tuman hokimligi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar — “Orzu” fermer xoʻjaligiga nisbatan yer uchastkasini uzoq muddatga ijaraga berish shartnomasini bekor qilish va fermer xoʻjaligi hisobidagi yer maydonlarini tuman hokimligiga qaytarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, taraflar oʻrtasida tuzilgan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilingan, fermer xoʻjaligi hisobida boʻlgan yer maydonlarini toʻliq tuman hokimligiga qaytarish toʻgʻrisidagi daʼvo talabi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarorini qisman bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan koʻrinishicha, Payariq tuman hokimining 2010-yil 12-martdagi 263-k-sonli qaroriga asosan “Orzu” fermer xoʻjaligiga 135,7 gektar yer ajratilgan. Payariq tuman hokimligi va “Orzu” fermer xoʻjaligi oʻrtasida 2010-yil 25-aprelda 91-sonli yer ijarasi shartnomasi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar — “Orzu” fermer xoʻjaligi rahbari fermer xoʻjaligiga tegishli 261-konturdagi 0,10 gektar yer maydonida tuman hokimining qarorisiz yashash uchun uy-joy qurib olgan. Bu haqda bir necha marotaba ogʻzaki va 2010-yil 12-iyundagi 01-31-352-sonli xat bilan fermer xoʻjaligi tomonidan yer maydoni maqsadsiz foydalanilayotganligi, 394-konturdagi paxta maydonini begona oʻtlar bosib ketganligi, kultivatsiya ishlari olib borilmaganligi, shuningdek 261-konturdagi yer maydonining 0,10 gektariga noqonuniy ravishda uy-joy qurib olinganligi, ushbu harakatlar qonunga zid boʻlganligi bois fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan yer maydoni tuman hokimligiga qaytarilishi toʻgʻrisida javobgar yozma ravishda ogohlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar tomonidan yer maydonidan maqsadsiz foydalanilganligi, yaʼni 394-konturdagi paxta maydonlari qarovsiz qolganligi, agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmaganligi, 261-konturdagi 0,10 gektar yer maydoniga noqonuniy ravishda, hech bir tegishli hujjatlarsiz yashash uchun shaxsiy uy-joy qurib olinganligi ishdagi hujjatlar bilan oʻz isbotini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaligi tomonidan yer maydonida uy-joy qurish uchun ruxsat beruvchi hujjatlar va tuman statistika boʻlimidan muntazam ravishda yillik paxta va Qalla rejalarining toʻliq bajarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma taqdim etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida tuzilgan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi 17-bandining uchinchi xatboshisida yerdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilmagan qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilganda shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 36-moddasi birinchi qismining 6-bandiga koʻra, yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganda yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar bekor boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 385-moddasining ikkinchi qismiga asosan shartnoma bekor qilinganda taraflarning majburiyatlari bekor boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sud qarorlarini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 8-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-1002/9952(1)-son