04.10.2010 yildagi 11-1031/13303-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori qachonki, unda ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar bayon etilgan va taraflarning huquq va majburiyatlari haqidagi xulosalarini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlsa, asoslantirilgan hisoblanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Usmon Xonimqul” fermer xoʻjaligi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, “Oʻzagrosugʻurta” DASK hamda uning Oqqoʻrgʻon tuman boʻlimi hisobidan 15450531 soʻm sugʻurta puli va 2317580 soʻm jarima, jami 17768111 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, “Oʻzagrosugʻurta” DASK hisobidan 7285600 soʻm sugʻurta puli undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protestida hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini oʻzgartirib, undirilishi belgilangan summani 3 642 800 soʻmga oʻzgartirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati protestda hamda kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvoni qisman qanoatlantirish haqida barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, “Oʻzagrosugʻurta” DASKning Oqqoʻrgʻon tuman boʻlimi va fermer xoʻjaligi oʻrtasida 2008-yil 12-fevralda 133-sonli “Qishloq xoʻjalik korxonalarining boʻlgʻusi paxta ekinidan kam hosil olishi natijasida koʻradigan moliyaviy zararni sugʻurtalash boʻyicha” sugʻurta shartnomasi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 1.1-bandiga koʻra, sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchining paxta ekinini sugʻurta tavakkalchiliklari tufayli kam hosil olishdan koʻrilgan moliyaviy zararni qoplash boʻyicha sugʻurta himoyasini beradi (kuchli shamol, boʻron, doʻl, kuchli yomgʻir, jala, yongʻin, yashin urishi, qurgʻoqchilik, garmsel, tuproqning oʻta namligi, kuchli qor yogʻishi, qora sovuq, havoning past harorati, suv sathining past boʻlishi, suv sathining baland boʻlishi, zararkunandalar, Gʻoʻza ekinlari kasalliklari). Shartnomaning 1.2-bandiga koʻra, sugʻurta qildiruvchi shartnoma boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofotini belgilangan muddatda sugʻurtalovchiga toʻlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorida “Oʻzagrosugʻurta” DASKdan fermer xoʻjaligi hisobiga 7285600 soʻm undirish toʻgʻrisidagi xulosasini aniq hisob-kitobga asoslangan dalillar bilan isbotlab bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, sud tomonidan fermer xoʻjaligining agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida bajarganligi, tayyorlovchi tashkilotlarga qancha paxta xomashyosi topshirganligi, haqiqatdan ham sugʻurta hodisasi roʻy berganligi, sugʻurta hodisasi natijasida qancha miqdorda haqiqiy zarar koʻrganligi holatlari aniqlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 11-moddasiga koʻra xoʻjalik sudi ishni koʻrishda ish boʻyicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarorida ish uchun ahamiyatli barcha holatlar bayon etilgan, taraflarning huquq va majburiyatlari haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlsa, asoslantirilgan hisoblanadi. Hal qiluv qarori ish holatlari haqidagi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emas. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sudning hal qiluv qarori haqida” 2007-yil 15-iyundagi 161-son qarorining 3-bandida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati hal qiluv qarorini bekor qilishni hamda ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda birinchi instansiya sudi taraflardan qancha summadagi paxta xomashyosi hosili sugʻurtalanganligi, taraflar oʻrtasida sugʻurta qiymati, sugʻurta puli hamda sugʻurta mukofoti qancha miqdorda belgilanganligi, fermer xoʻjaligi tayyorlovchi tashkilotlarga qancha paxta xomashyosi topshirganligi va sugʻurta hodisasi natijasida qancha miqdorda zarar koʻrganligini aniqlab, taraflarning vajlariga huquqiy baho berib, sud xarajatlarini undirish masalasini hal etib, toʻplangan dalillar yigʻindisi asosida qonuniy va asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 4-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-1031/13303-son