Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida terrorizmga, siyosiy va diniy ekstremizmga, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi hamda Tomonlarning barqarorligi va xavfsizligiga boshqacha tahdidlarga qarshi kurash yuzasidan hamkorlikdagi harakatlar toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida terrorizmga, siyosiy va diniy ekstremizmga, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi hamda Tomonlarning barqarorligi va xavfsizligiga boshqacha tahdidlarga qarshi kurash yuzasidan hamkorlikdagi harakatlar toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-may,
85-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 156-modda)