12.04.2010 yildagi 10-0909/7316-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, qonun hujjatlari yoki shartnomada bevosita ijrochi boʻlgan uchinchi shaxsning javobgarligi belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, zimmasiga majburiyatni bajarish vazifasi yuklatilgan uchinchi shaxslarning majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qarzdor javob beradi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltiariq tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi “Ubaydulla Nishonov” fermer xoʻjaligi manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar — “PAXTA LIZING” YoAJdan 17500000 soʻm penya, 15732129 soʻm maqsadsiz qilingan xarajatlar, jami 33232129 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ishni sudda koʻrish jarayonida daʼvogar — “Ubaydulla Nishonov” fermer xoʻjaligi qoʻshimcha daʼvo arizasi kiritib, javobgar — “PAXTA LIZING” YoAJdan 43750000 soʻm jarima, 17500000 soʻm penya, 22584757 soʻm zarar undirib berishni hamda tomonlar oʻrtasida 2008-yil 3-noyabrda tuzilgan MTZ-08/530/1-sonli shartnomaning 7.2-bandini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 26-maydagi sud ajrimi bilan Oltiariq tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimining oʻrniga “Ubaydulla Nishonov” fermer xoʻjaligi asosiy daʼvogar sifatida almashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2009-yil 3-iyundagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talablari qisman qanoatlantirilib, “PAXTA LIZING” YoAJdan “Ubaydulla Nishonov” fermer xoʻjaligi foydasiga 17500000 soʻm penya va 15732209 soʻm zarar, jami 33232209 soʻm undirilgan. Shartnomaning 7.2-bandi haqiqiy emas deb topilgan. Daʼvoning qolgan qismi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2009-yil 23-iyuldagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2009-yil 14-sentabrdagi qarori bilan sud qarorlari bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2009-yil 13-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talablari qisman qanoatlantirilib, “Ubaydulla Nishonov” fermer xoʻjaligi va “PAXTA LIZING” YoAJ oʻrtasida tuzilgan 2008-yil 3-noyabrdagi MTZ-08/530/1-sonli shartnomaning 7.2-bandi haqiqiy emas deb topilgan. “PAXTA LIZING” YoAJ hisobidan “Ubaydulla Nishonov” fermer xoʻjaligi foydasiga 17500000 soʻm penya undirilgan. Daʼvoning qolgan qismi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2010-yil 8-fevraldagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“PAXTA LIZING” YoAJning kassatsiya shikoyatida apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish va daʼvoni rad etish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, taraflar oʻrtasida 2008-yil 11-noyabrda MTZ-08/530/1-sonli hisob-shartnomasi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 3.1-bandiga koʻra, “PAXTA LIZING” YoAJ “Ubaydulla Nishonov” fermer xoʻjaligi tomonidan pul mablagʻlari toʻliq toʻlab berilganidan soʻng 60 bank kunida “Belarus-2022,3” rusumli traktor va 10 turdagi ehtiyot qismlarini yetkazib berish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ubaydulla Nishonov” fermer xoʻjaligi tomonidan 2008-yil 10-noyabrda 97-sonli toʻlov topshiriqnomasi bilan 158650000 soʻm, 98-sonli toʻlov topshiriqnomasi bilan 16350000 soʻm, jami 175000000 soʻm oldindan toʻlangan. Biroq, mahsulot yetkazib berilmaganligi bois, fermer xoʻjaligining 2009-yil 11-apreldagi arizasiga koʻra 2009-yil 14-aprelda toʻlangan 175000000 soʻm qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 7.2-bandida agarda mazkur shartnomaning 2.1-bandi (traktorni 60 bank kuni ichida yetkazib berishga oid) talablari sotuvchi tomonidan unga bogʻliq boʻlmagan sabablar, jumladan pul mablagʻlari konvertatsiyasi muddatining choʻzilishi sababli muddatida bajarilmasligi holati fors-major holat deb hisoblanishi belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 6.3-bandida esa, “PAXTA LIZING” YoAJ shartnomaning 7.2-bandida nazarda tutilgan holat vujudga kelganda javobgarlikdan ozod qilinishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 333-moddasining uchinchi qismiga asosan, basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon boʻlmaganligini isbotlay olmasa, javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan koʻrinadiki, fuqarolik qonunchiligi talabiga muvofiq, pul mablagʻlarining konvertatsiyasi masalasi fors-major holati sifatida baholanmaydi. Shunga koʻra, taraflar tomonidan shartnomaga pul mablagʻlari konvertatsiyasining kechikishi holatini fors-major holati deb kiritish qonunchilik talabiga zid hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Kodeksning 334-moddasiga asosan, basharti, qonun hujjatlari yoki shartnomada bevosita ijrochi boʻlgan uchinchi shaxsning javobgarligi belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, zimmasiga majburiyatni bajarish vazifasi yuklatilgan uchinchi shaxslarning majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qarzdor javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“PAXTA LIZING” YoAJ mijoz sifatida vakolatli banklar va yuridik shaxslar tomonidan xorijiy valyutani xarid qilish va sotish boʻyicha savdolarni amalga oshirish va hisob-kitob qilish yuzasidan oʻzaro munosabatlari uchun daʼvogar oldidagi majburiyatlaridan ozod qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo talabining 17500000 soʻm undirish qismini qanoatlantirib, daʼvo talabining qolgan qismini qanoatlantirishni rad etish haqida asosli xulosaga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, shartnomaning 6.2-bandida “sotuvchi” traktorni yetkazib berish muddatini kechiktirgan taqdirda har bir kechiktirilgan kun uchun 0,5 foiz miqdorida, ammo umumiy qarzdorlikning 10 foizidan, yaʼni 17500000 soʻmdan oshmagan holda penya toʻlashi lozimligi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 333-moddasining birinchi qismiga koʻra, qarzdor aybi boʻlgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, javob beradi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan hamma choralarni koʻrganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda shartnoma shartlari buzilishida javobgarning aybi mavjudligi koʻrinib turibdi. Yaʼni, daʼvogar tomonidan javobgarning hisob raqamiga traktor va ehtiyot qismlar sotib olish uchun oldindan 100 foizlik toʻlov amalga oshirilgan boʻlsa-da, javobgar traktor va ehtiyot qismlarni daʼvogarga yetkazib berishning barcha zarur choralarini koʻrmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo talabining 22584757 soʻm zararni undirishga doir qismini qanoatlantirishni rad etish haqida toʻgʻri xulosaga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 325-moddasiga koʻra, agar majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka belgilangan boʻlsa, zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismi toʻlanishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo talabining 43750000 soʻm jarima undirish qismini rad etish haqida ham sudlar tomonidan toʻgʻri xulosaga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, daʼvogar mazkur talabini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 75-bandi bilan asoslagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, bunday holatda “PAXTA LIZING” YoAJ xizmat koʻrsatuvchi tashkilot emasligi, balki sotuvchi boʻlib hisoblanishi, javobgar tomonidan traktor va ehtiyot qismlari yetkazib berishdan bosh tortish holati ishda mavjud hujjatlar bilan oʻz isbotini topmaganligi birinchi instansiya sudi tomonidan toʻgʻri baholangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sudlov hayʼati birinchi instansiya sudi va apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilib, asoslantirilgan qaror qabul qilingan deb hisoblab, hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudi qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni hamda ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini javobgar zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 12-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-0909/7316-son