24.06.2009 yildagi 14-0706/13630-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishni majlis joyi va vaqti toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning birortasining yoʻqligida koʻrgan boʻlsa, bu hol hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar — “Mirzo Ulugbek” MChJ javobgar — “Mehr Grand Star” MChJ va qoʻshimcha javobgarlar — “Doʻstlik” MChJ hamda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius “Umarov A.Sh.”ga nisbatan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, 2007-yil 16-martdagi 3370-sonli shartnomani haqiqiy emas deb topishni, taraflarga shartnoma boʻyicha olingan narsalarni qaytarish yoʻli bilan shartnomaning haqiqiy emasligining oqibatlarini qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 19-martdagi hal qiluv qarori bilan 2007-yil 16-martdagi 3370-sonli shartnoma haqiqiy emas deb topilgan. Shuningdek, xususiy ajrim asosida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 228-moddasining birinchi qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 3-iyundagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 1-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2009-yil 8-maydagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2009-yil 14-yanvardagi qarori bilan apellatsiya instansiyasi sudining qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2009-yil 13-martdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2009-yil 8-maydagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida apellatsiya instansiyasi sudi qarorini bekor qilib, hal qiluv qarorini oʻz kuchida qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni muhokama qilib, ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, birinchi instansiya sudining 2009-yil 5-martdagi ajrimi bilan ishni koʻrish 2009-yil 12-martga qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 168-moddasining 5-bandida xoʻjalik sudi ishni apellatsiya instansiyasida koʻrgach, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ushbu Kodeks 170-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, jumladan sud ishni ishda ishtirok etuvchi, majlis joyi va vaqti toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmagan shaxslardan birortasining yoʻqligida koʻrgan boʻlsa, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqliligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan 2009-yil 12-martda sud majlisi oʻtkazilib, 2009-yil 13-mart kuni hal qiluv qarori qabul qilingan. Biroq, 2009-yil 12 va 13-martda qoʻshimcha javobgar — xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius A.Sh. Umarov yoki uning vakili sud majlisida ishtirok etmagan hamda uning sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinganligini tasdiqlovchi dalillar ish hujjatlarida mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda, sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasi sudining qarori asoslantirilgan hamda qonuniy qabul qilingan deb hisoblab, uni oʻzgarishsiz qoldirishni, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq toʻlangan davlat boji xarajatlarini daʼvogar zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 24-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-0706/13630-son