Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2000-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2000-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Budjet, bank va moliya masalalari qoʻmitasining qarorini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2000-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot maʼqullansin va u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasi muhokamasiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 12-may,
59-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 186-modda)