Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 1999-yildagi ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 1999-yildagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Budjet, bank va moliya masalalari qoʻmitasining qarorini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 1999-yildagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot maʼqullansin va u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasi muhokamasiga kiritilsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Davlat budjetining daromad qismi 1999-yilda 100,3 foiz etib bajarildi, xarajat qismi 98,7 foizni tashkil etdi, uning taqchilligi esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagan koʻrsatkichlardan oshgani yoʻq.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 12-may,
58-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 185-modda)