Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibi haqidagi Farmonini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit etishi toʻgʻrisidagi arizasi qanoatlantirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibi haqida”gi 2000-yil 11-fevraldagi Farmoni tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 11-fevral,
37-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 2-3-son, 71-modda)