Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining ayrim qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining:
1994-yil 27-oktabrda qabul qilingan “Viloyatga boʻysunuvchi Kitob, Koson va Muborak shaharlarini tumanga boʻysunuvchi shaharlar turkumiga oʻtkazish toʻgʻrisida”gi;
1994-yil 23-dekabrda qabul qilingan “Zadaryo tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarorlari tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 24-fevral,
26-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 33-modda)