Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 30.03.1999 yildagi 146-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 30.03.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YANGI TAShKIL ETILAYOTGAN XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLAR FAOLIYATI USTIDAN BANK VA SOLIQ NAZORATINI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini kuchaytirish toʻgʻrisida” 1999-yil 29-martdagi PF-2276-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda korxonalar moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi munosabati bilan ularni tugatish uchun belgilangan davr davomida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning schyotlari boʻyicha pul mablagʻlari harakati toʻxtatilishi toʻgʻrisida xabar qilishning elektron tizimini uch oy muddatda ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklariga xoʻjalik yurituvchi subyektlar schyotlarida pul mablagʻlari harakati mavjudligini kuzatib borish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar tashkil etish tavsiya qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ochilgan, toʻxtatilgan va yopilgan schyotlari toʻgʻrisida tijorat banklarining har oylik statistika hisobotlari shaklini bir oy muddatda ishlab chiqsin va 1999-yilning ikkinchi choragidan boshlab joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi nizom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilayotgan korxonalarning budjetga oʻz muddatida toʻlanmagan toʻlovlarini hisobdan chiqarish tartibi loyihalarini kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda korxonalarning ular yopilishiga olib kelgan moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmasligi sabablarini oʻrganib chiqsin va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ va davlat soliq xizmati organining taqdimnomasi boʻyicha tugatilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar muassislari va mansabdor shaxslari roʻyxatdan oʻtkazilgan manzilda boʻlmagan taqdirda ularning qidirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146-son