28.04.2009 yildagi 16-0802/19165-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha umumiy sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari boʻyicha xoʻjalik sudi uchun majburiydir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT “Paxtabank” Toʻraqoʻrgʻon filiali (hozirgi paytda OATB “Agrobank” Toʻraqoʻrgʻon filiali) bosh ishonchnomaga asosan xoʻjalik sudiga murojaat qilib, 2008-yil 13-noyabrdagi Namangan viloyat davlat soliq boshqarmasi dalolatnomasining AT “Paxtabank” Toʻraqoʻrgʻon filialiga nisbatan hisoblangan 194595354 soʻm penya haqidagi qismini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizo yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar daʼvo predmeti oʻzgartirilib, 2008-yil 28-noyabrdagi Toʻraqoʻrgʻon tuman davlat soliq inspeksiyasi qarorining AT “Paxtabank” Toʻraqoʻrgʻon filialidan 168674983 soʻm ustama (penya) undirish qismini haqiqiy emas deb topish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2008-yil 19-dekabrdagi ajrimiga asosan ish yuzasidan javobgar — Namangan viloyat davlat soliq boshqarmasi Toʻraqoʻrgʻon tuman davlat soliq inspeksiyasi bilan almashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2009-yil 9-yanvardagi hal qiluv qarori bilan daʼvo rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2009-yil 16-fevraldagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protestida sud qarorini bekor qilib, hal qiluv qarorini kuchda qoldirish, kassatsiya shikoyatida esa, apellatsiya instansiyasi sudi qarorini bekor qilib, hisoblangan ustamaning undirilishini taʼminlash haqida qaror chiqarish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati protest va shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra apellatsiya instansiyasi sudi qarorini bekor qilib, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini kuchda qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Namangan viloyat boshqarmasining 2008-yil 11-sentabrdagi qarori, Namangan viloyat davlat soliq boshqarmasining 2008-yil 12-sentabrdagi 535xs-son buyrugʻiga asosan AT “Paxtabank” Toʻraqoʻrgʻon filialida tekshirish oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 30-yanvarda 615-son bilan roʻyxatga olingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisob raqamlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma talablari buzilganligi aniqlanib, AT “Paxtabank” Toʻraqoʻrgʻon filialiga 197729400 soʻm penya hisoblangan. Bu haqda 2008-yil 13-noyabrdagi dalolatnomada qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank filiali dastlab xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Namangan viloyat davlat soliq boshqarmasining 2008-yil 13-noyabrdagi dalolatnomasining AT “Paxtabank” Toʻraqoʻrgʻon filialiga 194595354 soʻm penya hisoblash haqidagi qismini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻraqoʻrgʻon tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha 2008-yil 28-noyabrda qaror qabul qilingan. Unga koʻra, AT “Paxtabank” Toʻraqoʻrgʻon filialiga 197729400 soʻm penya hisoblangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank filiali hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar daʼvo talabini oʻzgartirib, Toʻraqoʻrgʻon tuman davlat soliq inspeksiyasining 2008-yil 28-noyabrdagi qarorining AT “Paxtabank” Toʻraqoʻrgʻon filialiga hisoblangan 168674983 soʻmlik ustama (penya) qismini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvoni asosli ravishda rad etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 53-moddasiga asosan bankning aybi bilan soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini oʻtkazish topshiriqnomasi, tegishli vakolatli organning ularni undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasi bajarilmagan (bajarilishi kechiktirilgan) taqdirda, bankdan har bir kechiktirilgan kun uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻtkazilmagan summasining 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT “Paxtabank” Toʻraqoʻrgʻon filiali tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999-yil 30-yanvarda 615-son bilan roʻyxatga olingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisob raqamlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma talablari buzilgan. Natijada davlat budjeti va budjetdan tashqari majburiy jamgʻarmalarga undirilishi lozim boʻlgan 197729400 soʻm soliq qarzlarining tushishi oʻz vaqtida taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar bilan kelishib boʻlmaydi. Chunki, jinoyat ishlari boʻyicha Namangan tuman sudining 2009-yil 4-fevraldagi hukmi bilan AT “Paxtabank” Toʻraqoʻrgʻon filiali tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999-yil 30-yanvarda 615-son bilan roʻyxatga olingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisob raqamlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma talablari buzilgan holda davlat budjeti va budjetdan tashqari majburiy jamgʻarmalarga undirilishi lozim boʻlgan 197729389 soʻm soliq qarzlarining tushishi oʻz vaqtida taʼminlanmaganligi holati tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 60-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, jinoyat ishi boʻyicha umumiy sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari boʻyicha xoʻjalik sudi uchun majburiy boʻlsa-da, apellatsiya instansiyasi sudi qayd etilgan holatlarga eʼtibor bermagan va natijada daʼvoni qanoatlantirish haqida barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi dalillar apellatsiya instansiyasi sudi asossiz ravishda hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad etganligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish uchun toʻlangan 420600 soʻm davlat boji, 10000 soʻm pochta xarajatlari daʼvogar zimmasida qoldiriladi. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq 140200 soʻm davlat boji OATB “Agrobank” zimmasiga yuklanadi. Toʻlangan 5000 soʻm pochta xarajatlari esa OATB “Agrobank”dan Toʻraqoʻrgʻon tuman davlat soliq inspeksiyasiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-0802/19165-son