28.09.2009 yildagi 10-0713/13253-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻz oʻrtalaridagi dastlabki majburiyatni boshqa narsani yoki boshqacha ijro etish usulini nazarda tutuvchi yangi majburiyat bilan almashtirish (majburiyatni yangilash) haqida kelishib olsalar, majburiyat bekor boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar — “AMU POLVON SOHILI” fermer xoʻjaligi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar — “Koʻprikqurilish” tresti 67-Koʻprikqurilish otryadidan 12688000 soʻm ijara haqi va 1268800 soʻm penya undirib berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2009-yil 21-iyuldagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni muhokama qilib, ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorlarini oʻzgartirishni, kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, taraflar oʻrtasida 2005-yil 2-dekabrda 02/12-son bilan tuzilgan ijara shartnomasiga asosan daʼvogar — “AMU POLVON SOHILI” fermer xoʻjaligi javobgar — “Koʻprikqurilish” tresti 67-Koʻprikqurilish otryadiga “TO-18” rusumli yuk koʻtarma (pogruzchik)ni 2006-yil 31-dekabrga qadar ijaraga bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartnomaning 2.1-bandiga muvofiq, ijara haqi oyiga 2537600 soʻm miqdorida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar ijaraga berilgan “TO-18” rusumli yuk koʻtarma (pogruzchik)dan foydalanib, 2005-yil dekabr — 2006-yil mart oylari uchun ijara haqini toʻlab bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 1-martda taraflar oʻrtasida “TO-18” rusumli yuk koʻtarma (pogruzchik)ni oldi-sotdi shartnomasi imzolanib, unga koʻra mazkur transport vositasining bahosi 18000000 soʻm qilib belgilangan. Shartnoma shartlariga koʻra, javobgar — sotib oluvchi ushbu summani toʻlab berishi, daʼvogar — sotuvchi esa javobgarga koʻrsatilgan vositani tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan holda topshirishi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash yuzasidan 2006-yil 13-martdagi 470-sonli toʻlov topshiriqnomasi bilan daʼvogarning hisob raqamiga 18000000 soʻm pul oʻtkazib bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 347-moddasining birinchi qismiga koʻra, taraflar oʻz oʻrtalaridagi dastlabki majburiyatni boshqa narsani yoki boshqacha ijro etish usulini nazarda tutuvchi yangi majburiyat bilan almashtirish (majburiyatni yangilash) haqida kelishib olsalar, majburiyat bekor boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun sudlar daʼvogarning javobgardan ijara haqini undirish toʻgʻrisidagi talabini rad etib, asosli xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan qaror qabul qilishda protsessual huquq normalarining buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar daʼvo talabida javobgardan 12688000 soʻm ijara haqi va 1268800 soʻm penya undirib berishni soʻragan. Biroq, sud qarorlarining asoslantiruvchi va xulosa qismlarida ijara haqi 12688000 soʻm oʻrniga 1268800 soʻm deb koʻrsatilib, xatolikka yoʻl qoʻyilgan. Buning natijasida davlat boji xarajatlari 12688000 soʻmdan emas, balki 1268000 soʻmdan hisoblangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun sudlov hayʼati sud qarorlarini oʻzgartirishni, kassatsiya shikoyatini esa qisman qanoatlantirishni, sud xarajatlarini daʼvogar zimmasiga yuklashni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 28-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-0713/13253-son