17.02.2010 yildagi 20-0908/9954-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudining qarorida bayon qilingan koʻrsatmalari shu ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻijduvon tuman hokimligi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, “MUQIM SUBHON” dehqon xoʻjaligi foydalanib kelayotgan 0,22 gektar yer maydonini tuman zaxira yerlari fondiga oʻtkazishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MUQIM SUBHON” dehqon xoʻjaligi sudga qarshi daʼvo arizasi taqdim etib, Gʻijduvon tuman hokimining 2007-yil 31-yanvardagi 663-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2009-yil 20-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan. “MUQIM SUBHON” dehqon xoʻjaligi tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan va noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotgan 0,162 gektar yer maydoni tuman zaxira fondiga olib berilgan, daʼvo talabining qolgan qismi rad etilgan. “MUQIM SUBHON” dehqon xoʻjaligining qarshi daʼvo arizasi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2009-yil 21-oktabrdagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilingan va ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2009-yil 16-noyabrdagi ajrimi bilan “Rizobobo-1” fermer xoʻjaligi ishga qoʻshimcha javobgar sifatida jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2009-yil 4-dekabrdagi ajrimi bilan dastlabki daʼvo koʻrmasdan qoldirilgan. Qarshi daʼvo arizasi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura tomonidan keltirilgan kassatsiya protestida ajrimni bekor qilib, ishni yangidan koʻrishga yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati protest vajlarini muhokama qilib, ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud ajrimini bekor qilishni hamda ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 88-moddasining 6-bandiga koʻra, daʼvogar xoʻjalik sudining majlisiga kelmagan va ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrib chiqishga rozilik bermagan boʻlsa, xoʻjalik sudi daʼvoni koʻrmasdan qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki daʼvo arizasi sud tomonidan 2009-yil 27-iyulda ish yuritishga qabul qilingan va ishni mazmunan koʻrish boshlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 4-dekabrdan oldin boʻlib oʻtgan sud majlislarida Gʻijduvon tuman hokimligining vakili ishtirok etgan boʻlsa-da, birinchi instansiya sudi sud majlisiga uning vakili kelmaganligini asos qilib, daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirib, xatolikka yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻijduvon tuman hokimligi vakilining oldingi sud majlislarida ishtirok etib, daʼvoni quvvatlaganligi ushbu ish mazmunan koʻrilishi lozimligi haqidagi xulosani beradi. Qolaversa, mazkur ish kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ham koʻrilgan va birinchi instansiya sudiga ishni koʻrish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 190-moddasining birinchi qismiga koʻra, ishni kassatsiya instansiyasida koʻrgan xoʻjalik sudining qarorida bayon qilingan koʻrsatmalari shu ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi kassatsiya instansiyasi sudining koʻrsatmalariga rioya qilgan holda ishni koʻrishi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati sud ajrimini bekor qilishni, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 17-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-0908/9954-son