17.02.2010 yildagi 22-0904/13062-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizo xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmasa, ish yuritish tugatiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urganch qurilish materiallari zavodi” ishlab chiqarish kooperativi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, “Shaydo meʼmor” shuʼba korxonasini Urganch shahar, I. Dosov koʻchasi, 112-uy manzilida joylashgan 88236,57 kv. m. va 13854,14 kv. m. yer maydonlaridagi bino va inshootlardan majburiy tartibda chiqarish, daʼvogarni binoga kiritib qoʻyish va 2007-yil 18-yanvardagi sud buyrugʻi asosida 2007-yil 5-maydagi dalolatnoma bilan topshirilgan mol-mulklarni qaytarib olib berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2009-yil 20-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan. “Shaydo meʼmor” shuʼba korxonasini Urganch shahar, I. Dosov koʻchasi, 112-uy manzilida joylashgan 88236,57 kv. m. va 13854,14 kv. m. yer maydonlaridagi bino va inshootlardan majburiy tartibda chiqarish va 2007-yil 5-maydagi dalolatnoma bilan topshirilgan mol-mulklarni qaytarish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, ish boʻyicha ish yuritishni tugatish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protestda hal qiluv qarorini oʻzgartirib, qonunga muvofiqlashtirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyati va protestda keltirilgan vajlarni muhokama qilib, ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagilarga asosan hal qiluv qarorini oʻzgartirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan koʻrinishicha, Urganch shahar Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmati boʻlimi tomonidan 2007-yil 15-mayda “Temur” fermer xoʻjaligining “Shaydo meʼmor” shuʼba korxonasi nomiga Urganch shahar, I. Dosov koʻchasi, 112-uy manzilida joylashgan 88236,57 kv. m. yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisida OU-172528-sonli, 13854,14 kv. m. yer maydonida joylashgan bino va inshootlarga egalik huquqining davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisida TA-0310018-sonli guvohnoma berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan guvohnomalarning berilishiga xoʻjalik sudining 2007-yil 18-yanvardagi 530-sonli ish boʻyicha berilgan sud buyrugʻi, 2007-yil 1-fevraldagi kelishuv shartnomasi va 2007-yil 5-mayda tuzilgan dalolatnoma asos qilib olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudining 2007-yil 18-yanvardagi 530-sonli ish boʻyicha berilgan sud buyrugʻi sudning 2009-yil 8-maydagi ajrimi bilan bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urganch qurilish materiallari zavodi” ishlab chiqarish kooperativi va “Temur” fermer xoʻjaligi oʻrtasida 2007-yil 1-fevralda imzolangan kelishuv shartnomasini tuzish uchun xoʻjalik sudining 2007-yil 18-yanvardagi 530-sonli ish boʻyicha berilgan sud buyrugʻi asos boʻlgan. Ushbu kelishuv shartnomasining 7-bandida kelishuv shartnomasi taraflar tomonidan imzolanib, dumaloq muhr bilan tasdiqlanib, xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlangach, yuridik kuchga kirishi koʻrsatilgan. Lekin, kelishuv shartnomasi xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2009-yil 2-iyundagi hal qiluv qarori bilan “Shaydo meʼmor” shuʼba korxonasi nomiga berilgan guvohnomalar haqiqiy emas deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 116-moddasiga asosan qonun hujjatlarining talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek huquq-tartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir. Bunday bitimga nisbatan ushbu Kodeks 114-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 114-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, bitim haqiqiy boʻlmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim boʻyicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha qaytarib berish mumkin boʻlmaganda esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan boʻlmasa, uning qiymati pul bilan toʻlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch shahar Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmati boʻlimi tomonidan 2009-yil 26-avgustda “Urganch qurilish materiallari zavodi” ishlab chiqarish kooperativi nomiga Urganch shahar, I. Dosov koʻchasi, 112-uy manzilida joylashgan 88236,57 kv. m. yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisida OU-239045-sonli, 13854,14 kv. m. yer maydonida joylashgan bino va inshootlarga egalik huquqining davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisida TA-0746120-sonli guvohnomalar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisidagi OU-239045-sonli hamda bino va inshootlarga egalik huquqining davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisidagi TA-0746120-sonli guvohnomalardan koʻrinib turibdiki, ushbu yer uchastkasi va bino va inshootlar daʼvogarga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dyemak, birinchi instansiya sudi “Shaydo meʼmor” shuʼba korxonasini majburiy tartibda koʻchirish va dalolatnoma asosida topshirilgan mol-mulklarni qaytarib olib berish toʻgʻrisida asosli toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 24-moddasida xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrib chiqiladigan nizolar turkumi koʻrsatilgan boʻlib, ushbu moddada binoga kiritib qoʻyish haqidagi nizo xoʻjalik sudida koʻrilishi qayd etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 86-moddasining birinchi qismi 1-bandida nizo xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmasa, ish yuritishni tugatish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun birinchi instansiya sudi “Urganch qurilish materiallari zavodi” ishlab chiqarish kooperativini binoga kiritib qoʻyish toʻgʻrisidagi daʼvo talabi yuzasidan ish yuritishni tugatish lozimligini hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida toʻgʻri qayd etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvogarni binoga kiritib qoʻyish toʻgʻrisidagi daʼvo talabini hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida muhokama qilgan boʻlsa-da, ushbu talab boʻyicha ish yuritish tugatilganligini hal qiluv qarorining qaror qismida koʻrsatmasdan, xatoga yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun sudlov hayʼati hal qiluv qarorining qaror qismini oʻzgartirib, daʼvogarni binoga kiritib qoʻyish toʻgʻrisidagi daʼvo talabi boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida band kiritishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 92-moddasida daʼvoning bahosini aniqlash tartibi koʻrsatilgan boʻlib, ushbu modda birinchi qismining 3-bandida mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha davlat boji shu mol-mulkning qiymatiga qarab aniqlanadi, deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning dalolatnoma asosida javobgarga topshirilgan mol-mulklarini qaytarib olib berish toʻgʻrisidagi daʼvo talabi boʻyicha birinchi instansiya sudi eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji undirib, xatolikka yoʻl qoʻygan. Chunki, daʼvo arizasida talab qilinayotgan mol-mulklar qiymati 219261053 soʻm ekanligi koʻrsatilgan. Lekin, dalolatnomaning oʻzida qabul qilib olingan mol-mulklarning qoldiq qiymati 196211053 soʻm ekanligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun sudlov hayʼati hal qiluv qarorining qaror qismini oʻzgartirib, daʼvogarning dalolatnoma asosida javobgarga topshirilgan mol-mulklarini qaytarib olib berish toʻgʻrisidagi daʼvo talabida koʻrsatilgan qiymat boʻyicha davlat boji undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, sudlov hayʼati hal qiluv qarorini oʻzgartirishni, kassatsiya protestini toʻliq qanoatlantirib, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini javobgardan undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 17-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-0904/13062-son