17.05.2005 yildagi 51-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon shahridagi voqealarga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatanimizning iqtisodiy hamda siyosiy jihatdan tinch va barqaror rivojlanib borishini koʻrolmayotgan, oʻzlarining anchagina olisni koʻzlovchi maqsadlariga erishish uchun mamlakatimizda vaziyatni beqarorlashtirishga intilayotgan radikal ekstremistik kuchlar Andijon shahrida sodir etgan vahshiyona jinoiy harakatlar umumxalq qahr-gʻazabini oʻygʻotdi, odamlarimiz tomonidan qoralandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Begunoh kishilarning hayotiga zomin boʻlgan bu qabih xuruj xalqimizning ruhini aslo zaiflashtirolmaydi, tanlagan qatʼiy yoʻlidan uni toydirolmaydi, Oʻzbekistonning istiqlol, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, bunyodkorlik va taraqqiyot yoʻlidan qatʼiyat bilan borishiga xalaqit bera olmaydi. Jamiyatni yangilash hamda demokratlashtirish, mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish Oʻzbekistonimizni rivojlantirishda bundan buyon ham avvalgidek ustuvor yoʻnalish boʻlib qolaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlib oʻtgan fojeali voqealarga obyektiv siyosiy baho oʻsha, mashʼum xuruj sodir etilgan shaharga borib, vaziyatni barqarorlashtirishga ulkan hissa qoʻshgan Prezident Islom Karimov tomonidan berildi. Vaziyatni normallashtirish yuzasidan qatʼiy, har taraflama puxta oʻylangan, eng avvalo uni qon toʻkmay hal etishga, jinoyatchilar qoʻlida garovda qolgan tinch aholi xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan harakatlar andijonliklar hayotini qisqa muddat ichida odatiy maromga qaytarish, jamoat tartibini va xavfsizligini taʼmin etish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon shahrida sodir boʻlgan voqealarni muhokama etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mintaqada vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan tutgan yoʻli va harakatlari toʻla qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Senatorlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda sodir boʻlayotgan, inson huquqlari va erkinliklarini samarali himoya qilishga, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga, diniy ekstremizm va aqidaparastlikning har xil koʻrinishlariga qarshi turishga qaratilgan demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan aholi oʻrtasida keng miqyosda tushuntirish ishlari olib borsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimiyatning mahalliy vakillik organlari bilan birgalikda diniy ekstremizm va mutaassiblikning xavfini tushuntirishda, navqiron avlodda vatanparvarlik tuygʻusi, yuksak maʼnaviy-axlohiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan ishlarni yoshlar oʻrtasida tagʻin ham kuchaytirishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish masalalariga alohida eʼtibor bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi M. ShARIFXOʻJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 17-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 5-son, 190-modda)