24.11.2009 yildagi 10-0913/12182-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudiga murojaat etilgandan keyin javobgar tomonidan daʼvogarning talabi ixtiyoriy qanoatlantirilganda, davlat boji javobgarga yuklanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sobir Rahimov tuman davlat soliq inspeksiyasi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, yakka tartibdagi tadbirkor B. S. ga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan 156800 soʻm, 119-moddasiga asosan eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instatsiya sudining ajrimi bilan ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protestida sud ajrimini oʻzgartirib, qonunga muvofiqlashtirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati protest vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud ajrimini bekor qilib, daʼvoni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi Sobir Rahimov tuman hududiy komissiyasining 2009-yil 15-maydagi G06/10-47-sonli tekshirishlar roʻyxatiga hamda Sobir Rahimov tuman davlat soliq inspeksiyasining 2009-yil 19-maydagi 133-xs-sonli buyrugʻiga asosan yakka tartibdagi tadbirkor B. S.ga qarashli savdo shoxobchasida soliq qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirish oʻtkazilgan. Tekshirish natijasi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish davomida yakka tartibdagi tadbirkor xaridor Sh. S. ga 4900 soʻmga xarid uchun unga nazorat-kassa mashinasi cheki bermaganligi, 89000 soʻm savdo puli nazorat-kassa mashinasiga kirim qilinmaganligi, shuningdek savdo shoxobchasida kirim hujjatlari boʻlmagan 32 dona, umumiy qiymati 156800 soʻmlik tovarlar mavjudligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sobir Rahimov tuman davlat soliq inspeksiyasining moliyaviy jarimani ixtiyoriy toʻlash haqidagi 2009-yil 8-iyundagi qarori javobgar tomonidan bajarilmagach, daʼvogar javobgarga moliyaviy jarima qoʻllashni xoʻjalik sudidan soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2009-yil 30-iyuldagi ajrimi bilan ariza ish yuritishga qabul qilingan va sud muhokamasida koʻrish uchun 2009-yil 17-avgustga tayinlangan. Ammo, ish sudda koʻrilgan kunga qadar qoʻllanilgan moliyaviy jarima javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qoplangan. Ushbu holat Sobir Rahimov tuman davlat soliq inspeksiyasining 2009-yil 3-avgustdagi 08-9448-sonli xati va javobgarning 2009-yil 29-iyuldagi toʻlov topshiriqnomalari bilan isbotlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ish yuritishni tugatish haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan. Ushbu holatda daʼvo rad qilinishi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 337-moddasining oʻn beshinchi qismiga muvofiq, davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan daʼvogar oʻz talablarini daʼvo berilganidan keyin ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganligi tufayli qoʻllab-quvvatlamagan hollarda davlat bojining summasi javobgardan budjetga undirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudiga murojaat etilgandan keyin javobgar tomonidan daʼvogarning talabi ixtiyoriy qanoatlantirilganda, davlat boji javobgarga yuklanadi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2008-yil 18-apreldagi 180-son qarorining 21.4-bandida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, nizo xoʻjalik sudida koʻrib chiqilishi, javobgar moliyaviy jarima summasini ixtiyoriy ravishda qoplaganligi inobatga olinib, daʼvo rad qilinishi va ish boʻyicha 280400 soʻm davlat boji javobgardan undirilishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 24-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-0913/12182-son