09.11.2009 yildagi 18-0906/4254-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dasht suv texxizmat” xususiy korxonasi daʼvo arizasi bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilib, javobgar — “Amu-Qashqadaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyasi energetika va aloqa boshqarmasidan 29316349 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, “Amu-Qashqadaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyasi energetika va aloqa boshqarmasidan “Dasht suv texxizmat” xususiy korxonasi foydasiga 15231774 soʻm asosiy qarz, 742640 soʻm penya undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoning qolgan qismi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Amu-Qashqadaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyasi energetika va aloqa boshqarmasi kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilishni va daʼvoni rad etish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirib, sud qarorlarini bekor qilishni va ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizoni hal qilishda sud instansiyalari tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar aniqlanmagan, sud aniqlangan deb hisoblagan holatlar isbotlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, tomonlar oʻrtasida 2008-yil 5-fevralda 2-sonli, 2008-yil 14-martda 5-sonli va 2008-yil 8-mayda 11-sonli shartnomalar imzolangan boʻlib, ularga koʻra daʼvogar javobgarga qurilish va elektrodvigatellarni taʼmirlash, nasos agregatlarini kapital va joriy taʼmirlash, ularni oʻrnatish, toʻliq ishga tushirish ishlar (xizmatlar)ini bajarish majburiyatini, javobgar esa uni qabul qilib olish va pulini toʻlab berish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasida daʼvogar javobgarga jami 90346874 soʻmlik qurilish va elektrodvigatellarni taʼmirlash, nasos agregatlarini kapital va joriy taʼmirlash, ularni oʻrnatish, toʻliq ishga tushirish ishlar (xizmatlar)ini bajarib berganligi bayon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar bajarilgan ishlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomalariga asosan javobgarning hudud boshligʻiga topshirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, sud instansiyalari tomonidan hudud boshligʻining bajarilgan ishlarni qabul qilib olishga vakolati borligi tekshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, daʼvogar tomonidan oʻrnatilgan mexanizmlar kimga tegishliligi sud instansiyalari tomonidan tekshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu nizo yuzasidan tayinlangan ekspertiza javobgarning ishtirokisiz oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 161-sonli qarorining 1-bandiga koʻra sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual qonunchilik normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerak. Qayd etilgan talablarga rioya etmaslik qarorning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlishi mumkinligi, sudlar tomonidan barcha masalalarni hal etmaydigan, yuzaki, asoslantirilmagan qarorlarning qabul qilinishi mumkin emasligi haqida tushuntirish berilgan boʻlib, sud tomonidan mazkur Plenum qarori talablariga rioya etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 188-moddasiga koʻra, moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda, sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirib, sud qarorlarini bekor qilishni hamda ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda birinchi instansiya sudi yuqorida qayd etilgan holatlarni muhokama qilib, sud majlisida taraflarning ishtirokini taʼminlagan holda, bajarilgan ishlarni joyiga chiqib tekshirib, daʼvo talablarini asoslovchi hujjatlarning asl nusxalarini talab qilib olib ishga qoʻshib oʻrganib, moddiy va protsessual huquq normalari bilan asoslantirilgan qaror qabul qilishi va ishni sudda koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlab, undirishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 9-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-0906/4254