20.10.2009 yildagi 22-0904/6203-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa tuzilgan shartnoma sud tomonidan bekor qilinadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aksiyadorlik-tijorat “Asaka” banki Xorazm viloyat filiali “Sharip Zaripov” nomli parrandachilik ochiq aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan xoʻjalik sudiga murojaat qilib, 2008-yil 27-sentabrdagi 2008-20/A-sonli va 2008-20/B-sonli kredit shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilishni hamda 213641736 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 29-maydagi sud ajrimi bilan DAT “Asaka” banki ishga daʼvogar sifatida jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizo yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar daʼvogar daʼvo predmetini oʻzgartirib, 2008-yil 27-sentabrdagi 2008-20/A-sonli va 2008-20/B-sonli kredit shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilish hamda 217491534,61 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2009-yil 3-iyuldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, DAT “Asaka” banki Xorazm viloyat filiali va “Sharip Zaripov” nomli parrandachilik OAJ oʻrtasida tuzilgan 2008-yil 27-sentabrdagi 2008-20/A-sonli kredit shartnomasiga asosan yillik 14 foiz ustama bilan 300000 dona inkubatsiya tuxumlarini sotib olish uchun 112500000 soʻm va 2008-20/B-sonli kredit shartnomasiga asosan yem-xashak sotib olish uchun 187500000 soʻm ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida tomonlar oʻrtasida 2008-yil 28-avgustda garov shartnomasi tuzilgan. Unga koʻra “Sharip Zaripov” nomli parrandachilik OAJning 498430,67 kv2 metrdan iborat bino va inshootlari garovga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada javobgar olingan kreditni qaytarish grafigiga asosan har oyda kredit foizlarini toʻlab borishi belgilangan. DAT “Asaka” banki Xorazm viloyat filiali shartnoma boʻyicha belgilangan oʻz majburiyatlarini toʻliq bajargan. Ammo javobgar oʻz vaqtida kredit foizlarini toʻlab bormaganligi uchun uning kreditdan 209440000 soʻm asosiy, kredit foizidan 8051534,61 soʻm, jami 217491534,61 soʻm qarzdorligi mavjud boʻlgan. Qarzdorlik ishdagi dalillar bilan oʻz tasdigʻini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning mavjud qarzni undirish maqsadida bergan yozma ogohlantirishlari oqibatsiz qoldirilgach, daʼvogar daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 382-moddasi ikkinchi qismining 1-bandiga koʻra, ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa, tuzilgan shartnoma sud tomonidan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAT “Asaka” banki kredit qoʻmitasi tomonidan qarzdorning kredit mablagʻini qaytarish qobiliyati va uning ishlab chiqarish faoliyatini oʻrganish maqsadida 2009-yil 13-mayda oʻtkazilgan monitoring natijasiga koʻra kredit mablagʻi ajratilgandan soʻng qarzdorning hisob raqamiga 118541,4 ming soʻm kelib tushgan, shundan 2009-yilning 1-yanvaridan 2009-yilning 13-mayiga qadar 58361,2 ming soʻmi mahsulot sotishdan kelib tushgan, shuningdek qarzdorning 2009-yil 1-aprel holatiga taqdim qilgan buxgalteriya balansiga asosan asosiy vositalar qoldigʻi 75,4 ming soʻmni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan koʻrinib turibdiki, “Sharip Zaripov” nomli parrandachilik OAJ parrandachilikni rivojlantirish boʻyicha ijobiy koʻrsatkichlarga ega emas hamda olingan kreditni qaytarishga unda hech qanday imkoniyat yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomalarining 3.1.4-bandiga koʻra bank kredit shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllab, asosli ravishda daʼvoni qanoatlantirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-0904/6203-son