27.01.2015 yildagi 20-1405/10563-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Roʻzimurod” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda — MChJ) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Kogon shahar Davlat soliq inspeksiyasi (bundan buyon matnda — DSI)ning 2012-yil 31-oktabrdagi qarorini haqiqiy emas deb topishni va 13 533 102, 51 soʻmga qoʻyilgan 2014-yil 5-avgustdagi 1200071878-sonli inkasso topshiriqnomasini ijro etish mumkin emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida moddiy huquq normalari buzilganligi, ish hujjatlari toʻliq oʻrganilmaganligi, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega ekanligi, mazkur holatlarga sudlar tomonidan huquqiy baho bermaganligi, ish faqat bir taraflama koʻrib chiqilganligi haqida vajlar keltirib, sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining 2011-yil 28-dekabrdagi 3-son majlis bayon qarori bilan tasdiqlangan 2012-yil sentyabr oyi tekshirishlar reja jadvali va DSIning 2012-yil 14-sentabrdagi 152-XS-sonli buyrugʻiga asosan MChJning 01.01.2008-yildan 01.09.2012-yilga qadar boʻlgan faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi, hukumat qaror va farmonlarini bajarilishi yuzasidan tekshirish oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishda MChJ 2008-yildan tekshirish kuniga qadar buxgalteriya hisobotlarni toʻliq yuritilmaganligi, bosh kitob yoʻqligi, 2008-2009-yillarda litsenziyasiz yer karyeridan gips mahsulotlarini qazib realizatsiya qilinganligi va yer uchastkasidan xujjatlarsiz foydalanganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DSI tekshirish natijasi boʻyicha 2012-yil 31-oktabrda qaror qabul qilib, MChJga nisbatan Soliq kodeksining 116-moddasiga asosan 2 216 900 soʻm, 117-moddasiga asosan 13 128 500 soʻm va 121-moddasiga asosan 1 615 500 soʻm miqdorida moliyaviy jarima hisoblagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu jarima ixtiyoriy toʻlanmaganligi sababli DSI viloyat xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, MChJga jami 16 960 900 soʻm miqdorida moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyat xoʻjalik sudining 2013-yil 29-yanvardagi hal qiluv qarori bilan DSIning ariza talablari toʻliq qanoatlantirilgan (20-1203/25927-sonli ish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DSIning 2013-yil 31-iyuldagi “Soliqqa oid qonunbuzarliklarini bartaraf etish toʻgʻrisida”gi qoʻshimcha qarori bilan DSIning 2012-yil 31-oktabrdagi qarori va Jinoyat ishlari boʻyicha Kogon shahar sudining 2013-yil 16-iyuldagi ajrimiga asosan MChJga hisoblangan qoʻshimcha soliqlar 18 301 240 soʻmga kamaytirilib, unga qoʻshimcha ravishda Soliq kodeksining 117-moddasiga asosan 9 587 700 soʻm miqdorida moliyaviy jarima hisoblangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror DSIning 2013-yil 24-oktabrdagi “Soliqqa oid qonunbuzarliklarini bartaraf etish toʻgʻrisida”gi qoʻshimcha qarori bilan bekor qilingan. Dyemak, DSIning 2012-yil 31-oktabrda qarori bugungi qonuniy kuchida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi 355-son Qonuni bilan Soliq kodeksining 116, 117-moddalariga oʻzgartirish kiritilganligi va soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega ekanligi sababli sudga ariza bilan murojaat qilib, DSIning 2012-yil 31-oktabrdagi qarorini haqiqiy emas deb topish va 13 533 102, 51 soʻmga qoʻyilgan 2014-yil 5-avgustdagi 1200071878-sonli inkasso topshiriqnomasini ijro etish mumkin emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiyasi sudi MChJning arz qilingan talablarini qanoatlantirishni rad qilish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, Soliq kodeksi 3-moddasining birinchi qismiga koʻra, soliq solish soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega ekanligi haqidagi norma sud hujjatlarini bekor qilish uchun asos boʻla olmaydi. Chunki, huquqbuzarlik Soliq kodeksining 116, 117-moddallariga oʻzgartirish kiritilishidan oldin sodir etilgan hamda DSIning qarori ham qonunga oʻzgartish kiritilgunga qadar qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolaversa, Buxoro viloyat xoʻjalik sudining 20-1203/25927-sonli ishi boʻyicha qabul qilingan 2013-yil 29-yanvardagi hal qiluv qarori bilan MChJga nisbatan Soliq kodeksining 116-moddasiga asosan 2 216 900 soʻm miqdorida, 117-moddasiga asosan 13 128 500 soʻm miqdorida va 121-moddasiga asosan 1 615 500 soʻm miqdorida moliyaviy jarima qoʻllanilgan. Ishni sudda koʻrish vaqtida Soliq kodeksining 116, 117-moddalarining oldingi tahriri amalda boʻlgan. Mazkur hal qiluv qarori bugungi kunda qonuniy kuchida. Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 60-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, xoʻjalik sudining ilgari koʻrilgan ish boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar, xuddi shu shaxslar ishtirokchisi boʻlgan boshqa ishni sud koʻrayotganda yangidan isbot qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 161-sonli qarorining 1-bandiga koʻra sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual qonunchilik normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjati ushbu Plenum qarori talablariga rioya qilgan holda rasmiylashtirilgan boʻlib, sud tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar toʻliq aniqlangan, sudning xulosalari ish holatlariga muvofiq keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida apellatsiya instansiyasi sudi esa yuqorida qayd etilgan holatlarga asoslangan holda hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish haqida asosli toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni, ishni kassatsiya instansiyasida koʻrish bilan bogʻliq MChJ tomonidan oldindan toʻlangan 7000 soʻm pochta xarajatlarini uning zimmasida qoldirishni, shuningdek, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq 548 191 soʻm davlat boji hamda sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan 30 000 soʻm sud xarajatlarini MChJdan undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 27-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-1405/10563-son