24.06.2009 yildagi 17-0711/313-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyat prokuraturasi “Samoi nur” savdo va ishlab chiqarish firmasi manfaatida Paxtaobod tuman yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmati boʻlimiga nisbatan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, 2004-yil 6-avgustda tugatish boshqaruvchisi bilan “Husnida” ulgurji-chakana savdo-ishlab chiqarish firmasi oʻrtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinganligini eʼtirof etish, Paxtaobod tuman yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr xizmatiga “Samoi nur” firmasi tomonidan 2005-yil 25-yanvarda birja savdosida sotib olingan mulklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish majburiyatini yuklashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2007-yil 29-yanvardagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan. Bundan tashqari, “XKMS-2” aksiyadorlik jamiyati, “Husnida” ulgurji-chakana savdo-ishlab chiqarish firmasi hamda Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi universal birja markazi Andijon filiali oʻrtasida 2004-yil 6-avgustda tuzilgan 25-sonli oldi-sotdi shartnomasi bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2007-yil 25-iyundagi ajrimi bilan ijro varaqasining dublikati berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosatining 2008-yil 27-martdagi qarori bilan hal qiluv qarori va 2007-yil 25-iyundagi ajrim bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Husnida” ulgurji-chakana savdo-ishlab chiqarish firmasi sudga qarshi daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi universal birja markazi Andijon filialining oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi 2007-yil 21-dekabrdagi 13-sonli buyrugʻini gʻayriqonuniy deb topib, bekor qilishni, Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi universal birja markazi Andijon filiali va “Samoi nur” firmasi oʻrtasida tuzilgan 2005-yil 25-yanvardagi 23-sonli oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topishni hamda 3976727 soʻm zarar undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2008-yil 8-maydagi ajrimi bilan TIF Milliy banki nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiladigan uchinchi shaxs sifatida ishga jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 2-iyundagi hal qiluv qarori bilan dastlabki daʼvo rad etilgan. Qarshi daʼvo qisman qanoatlantirilib, Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi universal birja markazi Andijon filialining 2004-yil 21-dekabrdagi 13-sonli buyrugʻining 2004-yil 6-avgustdagi 25-sonli shartnomaga oid qismi, 2005-yil 25-yanvardagi koʻchmas mulkni “Samoi nur” firmasiga sotish toʻgʻrisidagi 23-sonli oldi-sotdi shartnomasi haqiqiy emas deb topilgan. “Samoi nur” firmasidan “Husnida” ulgurji-chakana savdo-ishlab chiqarish firmasiga 1621414 soʻm zarar undirilgan. Qarshi daʼvoning qolgan qismi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 11-sentabrdagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 24-dekabrdagi qarori bilan apellatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 11-sentabrdagi qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2009-yil 12-fevraldagi hal qiluv qarori bilan dastlabki daʼvo rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi daʼvo qisman qanoatlantirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi universal birja markazi Andijon filialining 2004-yil 21-dekabrdagi 13-sonli buyrugʻining 2004-yil 6-avgustdagi 25-sonli shartnomaga doir qismi haqiqiy emas deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 25-yanvardagi 23-sonli koʻchmas mulkni “Samoi nur” firmasiga oldi-sotdi qilish haqidagi shartnoma haqiqiy emas deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Husnida” ulgurji chakana savdo ishlab chiqarish firmasi foydasiga “Samoi nur” xususiy firmasidan buzib yuborilgan “betonomeshalka” inshootining qiymati 1621414 soʻm undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2009-yil 23-apreldagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, yangi qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoning 2004-yil 6-avgust kungi oldi-sotdi shartnomasining bekor qilinganligini eʼtirof etish haqidagi talabi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar — Paxtaobod tumani yer tuzish va kadastr xizmatiga 2005-yil 25-yanvarda birja savdosida sotib olingan mulklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish majburiyati yuklatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi daʼvo arizasining Oʻzbekiston Banklari assotsiatsiyasi universal birja markazi Andijon filialining 2004-yil 21-dekabrdagi 13-sonli oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻini bekor qilish va 2005-yil 25-yanvarda 23-sonli oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi talablari boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi daʼvoning 3976727 soʻm zarar undirish haqidagi talabi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Husnida” ulgurji chakana savdo ishlab chiqarish firmasining kassatsiya shikoyatida sud qarorini bekor qilib, hal qiluv qarorini kuchda qoldirish yoki ishni yangidan koʻrish uchun yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni muhokama qilib, ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, “XKMS-2” aksiyadorlik jamiyati, “Husnida” ulgurji-chakana savdo-ishlab chiqarish firmasi hamda Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi universal birja markazi Andijon filiali oʻrtasida 2004-yil 6-avgustda tuzilgan 25-sonli oldi-sotdi shartnomasiga asosan “Husnida” ulgurji-chakana savdo-ishlab chiqarish firmasi “XKMS-2” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli material saqlash omborxonasi va beton aralashtirish inshootini 7,8 mln soʻmga sotib olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi universal birja markazi Andijon filiali tomonidan 2004-yil 21-dekabrda “XKMS-2” aksiyadorlik jamiyati, “Husnida” ulgurji-chakana savdo-ishlab chiqarish firmasi hamda Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi universal birja markazi Andijon filiali oʻrtasida 2004-yil 6-avgustda tuzilgan 25-sonli va 2004-yil 21-sentabrda tuzilgan 42-sonli oldi-sotdi shartnomalarini bekor qilish haqida 13-sonli buyruq chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 25-yanvardagi 23-sonli oldi-sotdi shartnomasiga koʻra “XKMS-2” aksiyadorlik jamiyati ushbu obyektlarni “Samoi nur” firmasiga 7,8 mln soʻmga sotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtaobod tuman yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr xizmati boʻlimi yuqorida qayd etilgan mulklar nizoli boʻlganligi sababli ularni “Samoi nur” savdo va ishlab chiqarish firmasi nomiga rasmiylashtirmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun viloyat prokuraturasi “Samoi nur” savdo va ishlab chiqarish firmasi manfaatida sudga daʼvo arizasi kiritgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida, “Husnida” firmasi Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi universal birja Markazi Andijon filialining 2004-yil 21-dekabrdagi 13-sonli buyrugʻi gʻayriqonuniy chiqarilgan deb hisoblab, uni bekor qilishni, 2005-yil 25-yanvardagi 23-sonli shartnomani haqiqiy emas deb topishni soʻragan. Shuningdek, qarshi daʼvo arizasida 2004-yil 6-avgustda tuzilgan 25-sonli oldi-sotdi shartnomasi asosida sotib olingan beton aralashtirish inshooti “Samoi nur” firmasi tomonidan buzib olinganligi koʻrsatilib, ushbu firmadan 3976727 soʻm zararni undirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 23-moddasi birinchi qismining birinchi bandiga koʻra, xoʻjalik sudiga iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar oʻrtasidagi fuqaroviy, maʼmuriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi dastlabki daʼvoning shartnoma bekor qilinganligini eʼtirof etish va qarshi daʼvo arizasidagi Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi universal birja markazi Andijon filialining 2004-yil 21-dekabrdagi 13-sonli buyrugʻini bekor qilish haqidagi talabi xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli ekanligi asoslantirib berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi daʼvo arizasida 2004-yil 21-dekabrdagi 13-sonli buyruqni haqiqiy emas deb topish soʻralmagan boʻlsa-da, sud daʼvo talabidan chetga chiqib, ushbu buyruqni qisman haqiqiy emas deb topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan ushbu xatoliklarga toʻgʻri baho bergan boʻlsa-da, dastlabki daʼvoni qisman qanoatlantirish haqida barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan 2004-yil 6-avgustda tuzilgan 25-sonli oldi-sotdi shartnomasi asosida sotib olingan material saqlash omborxonasi va beton aralashtirish inshooti kadastr organi tomonidan “Husnida” firmasi nomiga 2005-yil 15-iyul kuni roʻyxatdan oʻtkazilganligiga eʼtibor bermasdan, Paxtaobod tumani yer tuzish va kadastr xizmatiga 2005-yil 25-yanvarda birja savdosida sotib olingan xuddi shu mulklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish majburiyati yuklatilgan. Yaʼni, ushbu mulklar “Husnida” firmasi nomiga rasmiylashtirilgan boʻlishiga qaramasdan, ularni “Samoi nur” firmasi nomiga rasmiylashtirish mumkinligi apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan asoslantirib berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning qarshi daʼvo arizasida nizoli mulklarning bir qismi, yaʼni beton aralashtirish inshooti “Samoi nur” firmasi tomonidan buzib olib ketilganligi koʻrsatilgan. Apellatsiya instansiyasi sudi qarshi daʼvo arizasidagi ushbu vajni, yaʼni beton aralashtirish inshooti haqiqatda mavjud yoki mavjud emasligini aniqlamasdan, ushbu mulklar “Samoi nur” firmasi nomiga rasmiylashtirilishi lozimligi haqida xulosaga kelgan. Yaʼni, agar beton aralashtirish inshooti haqiqatda mavjud boʻlmasa, uni kadastr organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish mumkinligi qarorda asoslantirib berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun sudlov hayʼati sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda birinchi instansiya sudi dastlabki va qarshi daʼvo talablarini toʻliq aniqlashtirib, ularning xoʻjalik sudiga taalluqliligini oʻrganib, nizoli mulklar haqiqatda mavjud yoki mavjud emasligini tekshirib, taraflarning vajlariga baho berib, ishdagi mavjud va toʻplangan dalillar yigʻindisi asosida qonuniy va asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 24-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-0711/313-son