07.09.2010 yildagi 21-1003/4692-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar daʼvo yuridik shaxsning oʻziga emas, balki uning alohida boʻlinmasiga nisbatan taqdim etilgan boʻlsa, u holda yuridik shaxsning oʻzini ishda ishtirok etishga jalb qilish sud tomonidan XPKning 38-moddasiga muvofiq hal etiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maqsud” ishlab chiqarish-tijorat firmasi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi Qiziltepa tuman boʻlimiga nisbatan xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat etib, band solingan mol-mulklarni baholatish, kim¬oshdi savdosiga chiqarish jarayonidagi xatti-harakatini noqonuniy deb topish hamda “Maqsud” ishlab chiqarish-tijorat firmasiga qarashli mol-mulklarni va “Ahmadobod” tegirmon binosini bozor bahosida baholatishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, arizani rad qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni muhokama qilib, ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan nizoni hal etishda protsessual huquq normalarining buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 47-moddasining uchinchi qismiga binoan vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ular oʻzlarini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan mol-mulk bilan taʼminlanadilar hamda u tasdiqlagan nizomlar asosida ish olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud nizoni hal qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 38-moddasiga binoan Cud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti Navoiy viloyat hududiy boshqarmasini javobgar sifatida ishga jalb qilib, ishni mazmunan koʻrib chiqishi zarur edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo yuridik shaxsning oʻziga emas, balki uning alohida boʻlinmasiga nisbatan taqdim etilgan boʻlsa, u holda sud tomonidan yuridik shaxsning oʻzini ishda ishtirok etishga jalb qilish Xoʻjalik protsessual kodeksining 38-moddasiga muvofiq hal etilishi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjadik sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli qarorining 9-bandida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessul kodeksi 188-moddasining birinchi qismiga koʻra, moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda birinchi instansiya sudi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti Navoiy viloyat hududiy boshqarmasini ishga javobgar sifatida jalb qilish masalasini hal etib, daʼvo talablarini muhokama etib, taraflarning vajlariga va ishdagi dalillarga huquqiy baho berib, qonuniy va asoslantirilgan hal qiluv qarori qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 7-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-1003/4692-son